Ushbu maqolada temperament mavzusining dastlabgi ta’limoti va uning asoschisi Gippokratning qarashlari, temperament xususiyatlarini ilmiy izohlab bergan olim I.I.Pavlovning yondoshuvlari, temperamentning nerv-fiziologik va psixologik asoslari o’rtasidagi farqlar, uning biologik va neyrofiziologik mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy ilmiy yondashuvlar tahlil qilinadi. Temperamentning shaxs rivojlanishi, emotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuv jarayonlariga ta’siri mavjud ilmiy adabiyotlar asosida yoritiladi.
Ushbu maqolada global isishning ilmiy-nazariy asoslari, issiqxona gazlari emissiyasi va antropogen omillar natijasida Yer iqlimining o‘zgarib borishi jarayoni tahlil qilingan. Tadqiqotda global isishning O‘zbekiston iqlimiga, suv resurslariga, qishloq xo‘jaligiga, Aralbo‘yi mintaqasiga, iqtisodiyotga va aholining salomatligiga ko‘rsatadigan oqibatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan iqlim siyosati, “yashil energetika”, ekologik monitoring tizimi, suv tejovchi texnologiyalar va mintaqaviy moslashuv strategiyalari ilmiy asosda o‘rganilgan. Maqola global isish sharoitida ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Maqolada terrorizmga qarshi kurashishning zamonaviy shakllari, yoshlarning bu jarayondagi o‘rni, ma’naviy immunitetni shakllantirish hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalari tahlil qilingan. Terrorizmga qarshi kurashda mafkuraviy tarbiya, ta’lim tizimi va ijtimoiy ongning o‘rni yoritilgan.