Mazkur maqolada ekonometriya fanida keng qo‘llaniladigan chiziqli va chiziqsiz regressiya modellarining nazariy asoslari va ularning matematik tahlili yoritilgan. Har bir modelning afzalliklari, cheklovlari hamda amaliy qo‘llanish imkoniyatlari misollar orqali ko‘rsatib berilgan. Chiziqli regressiya modeli oddiy va ko‘p omilli ko‘rinishda, chiziqsiz regressiya esa eksponensial va logarifmik turlarda yoritilgan. Maqola iqtisodiy tahlil, bashorat va qaror qabul qilish jarayonlarida bu modellarning ahamiyatini ochib beradi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoni va xalqaro integratsiyalashuvida korxonalarning moliyaviy hisobotlari milliy standartlar asosida tuzilib, xalqaro standartlarga transformatsiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Shu sababli, xalqaro standartlar asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot 35 tuzishning muammo va yechimlari, ularning shakllari va tuzish tartibi bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Maqolada atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish strategiyalarining dolzarbligi, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlik, hamda ularni amalga oshirishda ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy yondashuvlar muhokama qilinadi. Misollar yordamida ekologik muammolar va yechimlar asoslanadi, jumladan havo ifloslanishi va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha grafik tahlillar keltirilgan.
Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni, xususan, uning romanchilik janriga qo‘shgan ulkan hissasi qo’shgan. Muallif “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari orqali o‘zbek nasrida yangi bosqich boshlab bergan adibning tarixiy voqealarni badiiy talqin qilishdagi yondashuvi, ijtimoiy va ma’naviy masalalarni qamrab olish uslubi haqida atroflicha to‘xtaladi. Maqolada Qodiriyning obraz yaratish mahorati, milliy uyg‘onish g‘oyalari, xalqparvarlik pozitsiyasi, shuningdek, uning fojiaviy taqdiri haqida ham fikr yuritiladi. Maqola natijasida yozuvchining o‘zbek romanchiligining asoschisi sifatidagi mavqei va ijodiy merosining bugungi adabiy jarayondagi ahamiyati ochib beriladi.
The reform of the modern medical education system is aimed at enhancing the effectiveness of training future doctors who not only possess knowledge and skills but are also prepared to apply them in solving professional tasks. The authors demonstrate the necessity of biophysics in the future professional activity of a medical specialist in solving professional tasks.