FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH BO‘YICHA XALQARO YONDASHUVLAR: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL VA INSTITUTSIONAL XULOSALAR

Maqolada fuqarolikni rasmiylashtirish amaliyotining xalqaro modellari qiyosiy-huquqiy metod asosida tahlil qilinadi


28.10.2025 Volume Issue View more Download
ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР ХАВФИНИ КАМАЙТИРИШДА ҲУҚУҚИЙ БАЗАНИ МОДЕРНИЗАЦИЯ ҚИЛИШ: ПРОФИЛАКТИКА ИНСТИТУТИ ВА МЕЪЁРИЙ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ

Мақолада фавқулодда вазиятларни олдини олиш (профилактика) фаолиятининг ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш йўналишлари ҳуқуқий-доктринал, институционал ва рискка асосланган бошқарув ёндашувлари кесимида таҳлил қилинади.


28.10.2025 Volume Issue View more Download
ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” DOSTONI VA UNDAGI “SHAYX SAN’ON” HIKOYATI TAHLILI

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodining yuksak namunasi bo‘lgan “Lison ut-tayr” dostoni va undagi “Shayx Sa’non” hikoyati tahlil qilinib, undagi tasavvufiy g‘oyalar yoritilgan. Asarda insonning ma’naviy kamolot sari yo‘li, Haqqa yetishish bosqichlari hamda ruhiy poklanish jarayonlari tasavvuf falsafasi asosida talqin etiladi. Bundan tashqari maqolada Alisher Navoiyning tasavvuf va uning naqshbandiya ta’limotidagi o‘ziga xos qarashlariga ahamiyat berilgan. Asar kompozitsiyasining o‘ziga xosligiga diqqat qaratilib, undagi har bir detall Alisher Navoiyning, eng avvalo, islomiy, so‘ngra tasavvufiy dunyoqarashini o‘zida aks etgani tahlillar orqali asoslangan.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” VA REMARKNING “G'ARBIY FRONTDA O'ZGARISH YO'Q” ASARLARINING MUSHTARAKLIGI

Quyidagi maqola O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” va Remarkning “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” asarlarining o‘xshash jihatlari mavzusida yozildi. Maqola orqali insonlar taqdiri zamon va makon oralig‘iga qaramay, o‘xshash bo‘lishi mumkinligini bilib olishimiz.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
ZULFIYA IJODINING O‘ZBEK MA’NAVIY UYG‘ONISH JARAYONIDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada o‘zbek xalqining atoqli shoira va jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning ijodiy merosi o‘zbek ma’naviy uyg‘onish jarayonidagi o‘rni nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shoiraning asarlarida insonparvarlik, ayollik, sadoqat, Vatanga muhabbat va ruhiy poklik g‘oyalari uyg‘unlashgan bo‘lib, ular milliy o‘zlikni anglash, ma’naviyatni tiklash hamda yangi davr tafakkurining shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Zulfiya ijodi o‘zbek xalqining ruhiy uyg‘onish tarixida alohida bosqichni tashkil etadi. Shoiraning badiiy qarashlari millat ongi, ayolning ijtimoiy mavqeini va insoniy qadriyatlarni yuksaltirishga qaratilgan. Maqolada Zulfiya merosining zamonaviy O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni, uning yoshlar ongiga ta’siri hamda jamiyatning axloqiy-estetik shakllanishidagi roli yoritiladi. Zulfiya so‘zi bugun ham xalq ruhiga ozuqa bermoqda. Uning asarlari o‘zbek adabiyotining ma’naviy tayanchi, ayollik oriyati va milliy iftixorning timsoli sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shoira ijodi bugungi kunda ham yoshlarni ezgulikka, Vatanga muhabbat va halollikka undovchi ma’naviy yo‘l-yo‘riq vazifasini bajarmoqda.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor