SURXONDARYO VILOYATIDA AFG'ON SHAMOLINING NAFAS OLISH A’ZOLARIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida esuvchi Afg‘on shamolining nafas olish a’zolariga ta’siri o‘rganilgan. Afg‘on shamoli o‘zining yuqori tezlikdagi iliq va quruq havosi, tarkibidagi chang va zararli zarralari bilan inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Maqolada shamolning bronxit, astma, allergik reaksiyalar va o‘pka kasalliklarini keltirib chiqarish ehtimoli, shuningdek, immunitetni zaiflashtiruvchi ta’siri batafsil tahlil qilinadi. Bundan tashqari, zararli ta’sirni kamaytirish uchun shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, havoni toza saqlash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va tibbiy ko‘riklarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot Afg‘on shamolining salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun aholi va sog‘liqni saqlash tizimiga oid dolzarb choralarni belgilashga xizmat qiladi.


19.12.2024 Volume Issue View more Download
PSIXOLOGIK EHTIYOJ

Ushbu maqola psixologik ehtiyojlar tushunchasini, ularning turli turlarini va ularni qondirishning inson rivojiga ta'sirini tahlil qiladi. Psixologik ehtiyojlar, insonning ichki holatini, motivatsiyasini va jamiyatdagi o'rnini anglashga bo'lgan intilishlarini shakllantiradi. Maslou ehtiyojlar piramidasidagi yuqori darajadagi ehtiyojlar, shuningdek, insonning o'zini anglash, o'z-o'zini ifodalash va o'zining ruhiy holatini mustahkamlashdagi roli ko'rib chiqiladi. Maqolada, psixologik ehtiyojlarni qondirishning psixologik salomatlikka, shaxsiy o'sishga va jamiyatda muvaffaqiyatga erishishga qanday ta'sir ko'rsatishi haqida misollar keltiriladi.


19.12.2024 Volume Issue View more Download
PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA

Mazkur maqolada har bir o’qituvchi uchun nihoyatda zarur hisoblangan pedagogik mahorat va uning komponentlari xususida so’z yuritiladi. Maqolada pedagoglarning kasbiy mahoratlari, samarali dars o’tish usullari tasvirlangan.


19.12.2024 Volume Issue View more Download
OLIY TА’LIMDА MUSTАQIL ISHLАSHGА O'RGАTISHGА DOIR TOPSHIRIQLАR, TАRKIBI VА UNING QO'LLАNILISHI

Ushbu maqolada oliy tа’limdа talabalarni auditoriya darslaridan tashqari mustaqil ishlashga o’rgatish va mustaqil ishlashlari uchun topshiriqlar, vazifalar banklari haqida to’liq ma’lumotlar keltirilgan.


19.12.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor