OQIWSHILAR BILIMIN BAHALAWDIŃ TÁLIM-TÁRBIYALIQ ÁHMIYETI

Ilimiy maqalada mektep oqıwshılarınıń bilim,uqıplılıq hám kónlikpelerin tekseriw hám bahalawdıń pedagogikalıq áhmiyeti,bahalawdıń túrleri,bilimdi bahalawda qoyılatuǵın talaplar hár tárepleme keń sóz etilgen.


28.06.2025 Volume Issue View more Download
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TOSHKENT SHAHRI AHOLISI TARKIBIDAGI OʻZGARISHLAR

Mazkur mavzuda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Toshkent shahrining demografik holati, aholining milliy, ijtimoiy va kasbiy tarkibidagi oʻzgarishlar tahlil qilinadi. Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi va bu davrda olib borilgan siyosiy, iqtisodiy islohotlar shaharning aholisi soni va tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga olib kelgan. Ayniqsa, rus aholisi ulushining ortishi, yangi mahallalar va sanoat tumanlarining vujudga kelishi, migratsiya jarayonlari natijasida aholi tarkibining xilma-xillashuvi kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu oʻzgarishlarning shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri ham yoritiladi.


26.06.2025 Volume Issue View more Download
PUNKTUATSION SAVODXONLIK MUAMMOLARI VA ULARNING PEDAGOGIK YECHIMLARI

Mazkur maqola punktuatsion savodxonlik muammolarini pedagogik jihatdan tahlil qilish va ularning yechimlari yo'llarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda punktuatsiya belgilaridan to'g'ri foydalanishning zamonaviy ta'lim tizimidagi o'rni, o'quvchilar va talabalar orasida kuzatilayotgan punktuatsion xatolar turlari hamda bu sohada qarashli pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili orqali punktuatsion savodxonlik darajasini oshirishning innovatsion metodlari va an'anaviy ta'lim usullarining samaradorligi baholanadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, punktuatsion savodxonlik muammolari kompleks yondashuv va zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo'llanilishi orqali hal etilishi mumkin.


25.06.2025 Volume Issue View more Download
XX ASRNING 80-90-YILLARIDA TURKIYADA DINIY TARIQATLAR VA ISLOMIY OQIMLAR FAOLIYATI

Mazkur maqolada o’tgan asrning 80-90 yillarida Turkiya hududida faoliyat ko’rsatgan diniy tashkilotlar faoliyati haqida so’z boradi. Hususan, islomiy tashkilotlar faoliyati muhtasar bayon qilingan. Bu tashkilotlarning davlat va jamiyatda tutgan o’rni va ta’siri o’rganilgan va tahlil qilingan.


25.06.2025 Volume Issue View more Download
IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO’NG YAPONIYADAGI MADANIY VA IJTIMOIY MEROS

Ikkinchi Jahon Urushi insoniyat tarixidagi eng halokatli mojarolardan biri bo‘lib, u ko‘plab davlatlar qatori Yaponiyaning ham siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. 1945-yilda urush yakunlangach, Yaponiya G‘arb tomonidan, xususan, AQSh boshchiligidagi ittifoqchi davlatlar nazorati ostiga o‘tdi. Bu bosqichda mamlakatda demokratik islohotlar, iqtisodiy qayta qurishlar va madaniy yangilanishlar boshlangan bo‘lsa-da, yapon xalqining an’anaviy qadriyatlari va madaniy merosi saqlab qolindi hamda yangi davrga moslashtirildi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yaponiya vayronaga aylangan davlatlardan biri edi.


25.06.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor