Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy matnni tahlil qilishga o‘rgatishda integrativ yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Integrativ yondashuv asosida adabiyot, ona tili, tasviriy san’at, musiqa kabi fanlararo bog‘liqlikda o‘quvchilarning tahliliy fikrlashi, estetik didi va og‘zaki nutqi rivojlanishi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda amaliy tajriba asosida bu yondashuvning dars jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashi, o‘quv motivatsiyasini oshirishi va matnga chuqur yondashuvni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada dars dizaynini integratsiyalashgan holda tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham bayon etilgan.
Ushbu maqola “Fe’l” so‘z turkumi haqida bo‘lib, unda fe’lning asosiy belgilari, ma’nosi, shakllari va turlari haqida ma’lumot beriladi. Fe’l morfologiya bo‘limidagi eng katta so‘z turkumi hisoblanadi. Maqolada fe’lning zamon, shaxs-son; nisbat, ehtiyojsizlik, to‘liqlik va turlanish kabi muhim jihatlari yoritiladi. Fe’lning gapdagi markaziy o‘rni yoritilar ekan, voqelikni ifodalashdagi kuchi bilan birga uning sintaktik hamda leksikaviy jihatlarini tushunishga undaydi.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini oshirishda mental arifmetikaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Integratsiyalashgan yondashuv asosida matematika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish, aqliy rivojlanish, diqqatni jamlash va tez fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda mental arifmetikaning ta’siri asoslangan. Asosiy qismda to‘rt yechilgan masala orqali mazkur metodikaning amaliy imkoniyatlari ochib beriladi.
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish masalasi nazariy va metodik jihatdan yoritilgan. Xususan, ona tili darslari misolida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tasavvuri va nutqiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali usullar tahlil qilinadi. Ijodkorlikni rivojlantirishda darsning mazmuni, metodikasi hamda o‘qituvchining yondashuvi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi.