Mazkur maqolada Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi badiiy-estetik hamda ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda tasvirlangan xotin-qizlarning huquqsizligi, patriarxal jamiyatning ayol taqdiriga ko‘rsatgan salbiy ta’siri, erkak hukmronligi va inson qadri muammolari yoritiladi. Hikoyadagi Unsinoy va Olimbek dodxo obrazlari misolida o‘tmish ijtimoiy muhitining mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, asardagi psixologizm, ramziylik va badiiy konflikt masalalari ilmiy jihatdan tahlil etiladi.
Ushbu maqolada Honoré de Balzac ijodida ijtimoiy tuzum muammosi, ya’ni jamiyatda pulning hukmron kuchga aylanishi, boylikka o‘chlik va yo‘qsillik o‘rtasidagi keskin ziddiyatlar Eugénie Grandet asari misolida chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida XIX asr Fransiya burjua jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, insoniy munosabatlarning moddiy manfaatlar asosida shakllanishi hamda axloqiy qadriyatlarning yemirilish jarayoni ilmiy jihatdan o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, asarda Felix Grandet obrazi orqali boylikka haddan tashqari berilish insonni ma’naviy jihatdan qashshoqlashtirganligi, oilaviy muhitni esa sovuqlik va hisob-kitobga asoslangan munosabatlarga aylantirganligi aniqlandi. Shu bilan birga, Eugénie Grandet timsolida insoniylik, sadoqat va ruhiy poklik g‘oyalari ifodalangan bo‘lib, u jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlik fonida axloqiy qarama-qarshiliklarni yuzaga chiqarganligi ko‘rsatildi. Tadqiqot shuni ham ko‘rsatdiki, Balzak realizmi orqali pul va boylikning ijtimoiy tuzumdagi ustuvor o‘rni hamda uning inson ruhiy olamiga salbiy ta’siri badiiy jihatdan ishonarli tarzda yoritilgan. Maqola ijtimoiy adolatsizlik va sinfiy tafovutlarning jamiyat rivojiga ta’sirini ochib berishda muhim ilmiy xulosalar bergan.
Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda jadidchilik harakatining kelib chiqishi, rivojlanishi va uning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Jadidlarning ma’rifiy faoliyati, yangi usul maktablari, matbuot va adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilingan. Shuningdek, harakatning milliy uyg‘onish va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ahamiyati qisqacha bayon etilgan.
Ushbu maqolada Qoraqalpogʻiston tarixi darslarida qadimiy qal’alar va arxeologik yodgorliklardan samarali foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Tarix ta’limida moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va tarixiy voqealarni chuqurroq anglash imkonini beradi. Maqolada Qoraqalpogʻiston hududidagi qadimiy qal’alar hamda arxeologik yodgorliklarning ta’limiy ahamiyati, ularni dars jarayoniga integratsiya qilish usullari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar va ekskursiyalar yoritilgan. Shuningdek, tarix fanini o‘qitishda mahalliy tarixiy manbalardan foydalanishning afzalliklari ham ko‘rsatib berilgan.
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ekologik huquqbuzarliklar uchun yuridik javobgarlikni takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida amaldagi Maʻmuriy javobgarlik va Jinoyat kodeksi normalarining samaradorligi tizimli oʻrganildi. Muammoning hududiy jihatlarini hal etishda professor Yusufjon Ahmadaliyevning qarashlariga tayanildi. Ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashda majburiy restitutsiya choralarini kuchaytirish boʻyicha mualliflik takliflari ilgari surildi.