Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasidagi tajribasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda mamlakatda olib borilayotgan huquqiy, tashkiliy va profilaktik chora-tadbirlar, xususan, diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan siyosat yoritiladi. Shuningdek, ekstremizmning oldini olishda taʼlim tizimi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni ham keng ochib beriladi.
This article examines the issue of improving the training process of attacking actions in judo athletes aged 12–14. The author scientifically substantiates the importance of using tactical complexes in enhancing the technical and tactical preparedness of young athletes. Traditional approaches in judo training are analyzed, and factors that hinder the effective development of attacking actions are identified.
Ushbu maqolada “Qutlugʻ qon” romanida qahramonlar xarakterini yaratish mahorati va obrazlar portretining badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Yo‘lchi, Abdishukur, Mirzakarimboy, Yormat, O‘roz, Gulnor va Nuriniso kabi asosiy hamda ikkinchi darajali obrazlarning tashqi ko‘rinishi, nutqi, xatti-harakati va ichki kechinmalari yaxlit badiiy tizim sifatida o‘rganiladi. Yozuvchi qo‘llagan portret detallar va psixologik tasvirlar qahramon xarakterini ochib berishda muhim badiiy vosita sifatida tahlil etiladi. Natijalar Oybekning obraz yaratishda tashqi tasvir va ichki ruhiy holat uyg‘unligini ta’minlab, qahramonlarni jonli va ta’sirchan ifodalaganini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy xavfsizlik har bir davlatning barqaror rivojlanishi, milliy mustaqilligi va ijtimoiy farovonligini ta’minlaydigan eng muhim omillardan biridir. U mamlakat iqtisodiyotining tashqi va ichki tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyatini, resurslardan samarali foydalanishni hamda iqtisodiy tizimning uzluksiz va barqaror ishlashini ifodalaydi. Zamonaviy globallashuv jarayonida davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi bilan birga turli xil xavf-xatarlar ham ortib bormoqda. Shu sababli iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasi har bir mamlakat uchun strategik ahamiyat kasb etadi.