Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Buxoro viloyatida oliy ta’limning o‘rni va roli masalalari 1991-2015 yillar kesimida tahlil qilinadi. Shuningdek maqolada Buxoro viloyati misolida oliy ta’lim masalalari atroflicha bayon etilibgan. Bundan tashqari maqolada Buxorodagi oliy o‘quv yurtlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimining mazmun-mohiyati, uning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda xotin-qizlar bandligi va daromadliligini ta’minlashdagi o‘rni keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, ushbu tizim orqali ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari aniqlanib, ularning hayotiy muammolarini hal etish, moddiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat bozoriga jalb etish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish orqali iqtisodiy faolligini oshirish jarayoni ilmiy asosda yoritiladi.
Ushbu maqolada xalqaro loyihalar jarayonida uchraydigan til to‘siqlari va ularni bartaraf etishda ingliz tilining tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Xalqaro hamkorlikda samarali muloqot tashkil etish jarayoni mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi, xorijiy investitsiyalarni jalb etishi va global hamkorlikni kengaytirish uchun muhim omil sanaladi. Xususan, BMT, Jahon banki, Yevropa Ittifoqi va Osiyo Taraqqiyot Banki kabi yirik tashkilotlar loyihalarida ingliz tilidan foydalanish xalqaro muloqotning asosiy vositasiga aylangan. Maqolada ingliz tilini o‘qitish orqali til to‘siqlarini kamaytirish, mutaxassislarning kommunikativ kompetensiyasini oshirish hamda madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari yoritiladi.
Mazkur maqolada neft bitumining kimyoviy tarkibi, molekulyar tuzilishi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va ularning sanoatdagi ahamiyati yoritilgan. Asfaltenlar, smolalar, aromatik uglevodorodlar, parafin va boshqa komponentlarning bitum tarkibidagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Bitumning qovushqoqlik, yumshoqlik, penetratsiya ko‘rsatkichlari hamda qarish jarayonlari keng yoritilgan. Bundan tashqari, bitumning yo‘l qurilishi, gidroizolyatsiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish va modifikatsiyalangan bitum turlari orqali qo‘llanilish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Ushbu tadqiqot O'zbekiston tijorat bankalarining kapital ko'rsatkichlari va moliyaviy barqarorlik indikatorlari orasidagi bog'liqlikni tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda Basel III talablariga muvofiq kapital yetarligi koeffitsienti, asosiy kapital nisbati va moliyaviy barqarorlik ko'rsatkichlari o'rtasidagi korrelyatsiya tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, kapital ko'rsatkichlarining yaxshilanishi moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot moliyaviy tizim barqarorligini ta'minlash uchun optimal kapital siyosatini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.