Listening is one of the most essential skills in language acquisition, and it plays a pivotal role in mastering the English language. This paper explores the significance of listening skills in English language learning, analyzing the various methods and approaches to improve listening comprehension, while also highlighting the challenges faced by learners. The study reviews existing literature on the topic, identifies key strategies, and discusses how listening proficiency can enhance overall language competence. By synthesizing both theoretical and practical perspectives, this paper aims to provide a comprehensive understanding of the role of listening in the language learning process.
Temuriylar davri (XIV–XV asrlar) Markaziy Osiyoda madaniyat va san’atning yuksalishiga zamin yaratgan eng muhim tarixiy bosqichlardan biridir. Amir Temur va uning vorislari — xususan, Mirzo Ulug‘bek — ilm-fan, adabiyot, me’morchilik va tasviriy san’atni davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida rivojlantirdilar. Bu davrda Samarqand, Hirot, Buxoro kabi shaharlarda madaniy va ilmiy markazlar shakllandi. Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk siymolar ilm-fan, san’at va adabiyotda yuksak cho‘qqilarni zabt etdilar. Temuriylar homiyligida qurilgan me’moriy obidalar, yozma manbalar va miniatyura san’ati Sharq Uyg‘onishining yorqin namunasi sifatida e’tirof etiladi. Bu davr madaniy merosi bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy o‘zligida muhim o‘rin egallaydi. Maqolada temuriylar davrida san’atning o‘rni va rivojlanishi yoritiladi
Mazkur maqolada uyg‘ur va o‘zbek xalq maqom san’ati o‘rtasidagi mushtarakliklar tarixiy, madaniy va musiqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ikki xalqning maqom merosida mavjud bo‘lgan ohangdorlik, uslub, ijro shakllari va cholg‘u asboblaridagi o‘xshashliklar ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqomlarning rivojlanishiga ta’sir etgan umumiy tarixiy-madaniy omillar, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va avloddan avlodga o‘tish mexanizmlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola Sharq musiqiy an’analarining integratsiyalashuvi va madaniy almashinuvi nuqtai nazaridan ham dolzarb ahamiyatga ega.
Markazlashtirilgan laboratoriyalar sog‘liqni saqlash tizimida diagnostika xizmatlarini yaxshilash va samaradorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan muhim infratuzilma hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi – turli tibbiyot muassasalaridan kelayotgan tahlil namunalari bilan ishlash, yuqori sifatli va tezkor diagnostika natijalarini taqdim etishdir. Bu laboratoriyalar markazlashtirilgan tizim sifatida faoliyat yuritadi, ya’ni bir nechta klinik va shifoxona laboratoriyalarining vazifalarini o‘z zimmasiga oladi va ularni yagona boshqaruv ostida birlashtiradi. Bu yondashuv diagnostika jarayonlarini optimallashtirishga, resurslarni samarali taqsimlashga va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon beradi.