EUROPEAN CORPORATE LAW AND CROSS-BORDER BUSINESS TRANSACTIONS

This article analyses the evolution of European corporate law and its influence on cross-border business transactions within the EU. It examines key developments in company formation, corporate governance, mobility, mergers, and insolvency, alongside the growing role of financial regulation in shaping corporate practice. Special attention is given to the Cross-Border Mergers Directive, the Mobility Directive, and the European Insolvency Regulation, as well as the impact of Brexit, digitalisation, and ESG regulation. The article argues that while EU corporate law has facilitated cross-border integration, harmonisation remains uneven and contested. Its future will depend on balancing economic efficiency with social and environmental objectives, ensuring both competitiveness and legitimacy in a changing global order.


15.09.2025 Volume Issue View more Download
INSON QADR-QIMMATI: FALSAFIY-AXLOQIY VA IJTIMOIY TAHLIL

Ushbu maqola inson qadr-qimmatining falsafiy-axloqiy va ijtimoiy asoslarini adabiyotlar tahlili orqali tadqiq etadi. Maqolada inson qadr-qimmatining nazariy jihatlarini o'rganish, zamonaviy ijtimoiy kontekstda uning ahamiyatini baholash va inson huquqlari tizimidagi o'rni tahlil qilinadi. Tadqiqot milliy va xalqaro manbalar tahlili orqali inson qadr-qimmatining ko'p qirrali tabiatini ochib beradi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, inson qadr-qimmati nafaqat falsafiy kategoriya, balki ijtimoiy rivojlanish va huquqiy tizimning asosi hisoblanadi.


15.09.2025 Volume Issue View more Download
RUMIY SHE’RIYATIDA ILOHIY ISHQNING BADIIY IFODASI

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy she’riyatida ilohiy ishqning tasavvufiy va falsafiy mohiyati hamda uning badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Rumiyning ishq haqidagi qarashlari orqali inson qalbining poklanishi, ruhiy komillikka erishishi va Yaratuvchiga bo‘lgan muhabbatning san’at darajasida yuksak tasviri ochib beriladi. Xususan, “Masnaviy” va boshqa she’riy namunalardagi ramziy obrazlar, majoz va timsollar asosida ilohiy ishqning manbalari va uning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni ilmiy jihatdan sharhlanadi. Maqola Rumiy merosining badiiy-estetik qimmati hamda tasavvuf adabiyotidagi o‘rni haqida yangi ilmiy xulosalar beradi.


15.09.2025 Volume Issue View more Download
BOLALARDA UCHRAYDIGAN ALLERGIK KASALLIKLARINING OLDINI OLISH CHORALARI

Allergiya-bu organizmning atrof muhitga yuqori sezuvchanligi bo’lib, u antigenlarga javoban antitenalarni ishlab chiqarilishi bilan namoyon bo’ladi.


15.09.2025 Volume Issue View more Download
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari keng yoritilgan. Hozirgi zamon ta’lim tizimida texnologiya fanining tutgan o‘rni, uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati hamda o‘quvchilarda amaliy va nazariy bilimlarni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologiya fanini samarali o‘qitishda metodik yondashuvlar, interfaol usullar, innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari chuqur o‘rganilgan. Maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan metodik ishlanmalar ham o‘z aksini topgan. Tadqiqotda umumta’lim maktablari uchun texnologiya fanini o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritilgan. Muallif texnologiya darslarini o‘quvchilarda mehnatsevarlik, kasbiy qiziqish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita sifatida baholaydi. Ushbu maqola ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, metodik ta’minotni kuchaytirish va o‘qituvchilar faoliyatida yangi yondashuvlarni tatbiq etishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Umumiy xulosalarga ko‘ra, texnologiya fanini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash va mustaqil hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash masalalariga ham e’tibor qaratilgan.


15.09.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor