Ushbu maqolada Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” hikoyasi misolida ayol obrazining murakkab va ko‘p qirrali ruhiyati badiiy tasvir orqali ochib beriladi. Muallif ayolning ichki kechinmalari, sabr-toqati, mehr-muhabbati hamda hayot sinovlariga bardoshliligi masalalarini chuqur yoritadi. Asarda ayol nafaqat oila timsoli, balki o‘z orzu-intilishlariga ega, ichki kurashlar bilan yashovchi shaxs sifatida talqin qilinadi. Yozuvchi ayol qalbidagi iztirob va umidlarni ta’sirchan ifodalab, o‘quvchini uni yanada chuqurroq tushunishga undaydi va maqolada ushbu jihatlar tahlilga tortiladi.
Translation is not only the transfer of words from one language to another but also the transmission of cultural identity. Cultural identity reflects the values, traditions, beliefs, and social norms of a particular community, and these elements are often embedded in language. Translators play an important role in preserving and representing these cultural meanings when texts move across linguistic and cultural boundaries. This article examines the relationship between translation and cultural identity, focusing on the challenges translators face when conveying culturally specific concepts. It also discusses strategies translators use to maintain the authenticity of cultural identity while making texts understandable for target audiences.
Mazkur maqolada musobaqa davrida OKMK gandbol jamoasi markaz o‘yinchilarining o‘yinni boshqarish va hujum samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida markaz o‘yinchilarining texnik-taktik harakatlari, qaror qabul qilish tezligi, uzatma aniqligi va golli hujumlardagi ishtiroki tahlil qilindi. Pedagogik kuzatuv, video-tahlil va statistik usullar asosida musobaqaning birinchi va ikkinchi bo‘limlarida samaradorlik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlandi. Olingan natijalarga asoslanib, musobaqa davriga mos maxsus texnik-taktik mashqlar tizimi ishlab chiqildi va uning samaradorligi tajriba orqali baholandi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan mashqlar tizimi markaz o‘yinchilarining hujumni boshqarish va umumiy o‘yin samaradorligini oshirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Ushbu maqolada Aleksandr Faynbergning hayoti, ijodiy faoliyati va adabiyotdagi o‘rni keng tahlil qilinadi. Shoirning she’riyati, tarjimonlik faoliyati, badiiy uslubi va ikki millat — o‘zbek va rus adabiy muhitidagi hissasi batafsil yoritiladi. Shuningdek, uning ijodiy merosi zamonaviy adabiyot va madaniyatlararo aloqalardagi ahamiyati bilan baholanadi.