ONA TILI DARSLARIDA KOMMUNIKATIV YONDASHUVNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI

Maqolada ona tili ta’limi jarayonida kommunikativ yondashuvni qo‘llashning zarurati, uning nazariy asoslari hamda amaliy samaradorligi masalalari tajribali filolog-pedagog nuqtayi nazaridan yoritiladi. Unda ona tili darslarini faqat grammatik bilim berish bilan cheklab qo‘ymasdan, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularni erkin fikr bildira oladigan, muloqotga kirisha oladigan shaxs sifatida shakllantirish masalasi asosiy e’tiborga olinadi. Kommunikativ yondashuvning dars jarayoniga tatbiq etilishi orqali o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishi ortishi, nutqiy faolligi kuchayishi va o‘z fikrini aniq hamda tushunarli ifodalash ko‘nikmalari shakllanishi ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.


24.01.2026 Volume Issue View more Download
IJTIMOIY TARMOQLARNING IQTISODIY XULQ-ATVORGA VA O‘ZARO MUNOSABATLARGA TA’SIRI

Mazkur ilmiy maqolada ijtimoiy tarmoqlarning raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xulq-atvor shakllanishi hamda shaxslararo va institutsional o‘zaro munosabatlarga ko‘rsatadigan ta’siri kompleks tarzda tadqiq etiladi. Tadqiqot doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan axborot oqimlari, reklama va ijtimoiy ta’sir mexanizmlarining iste’molchilar qaror qabul qilish jarayoniga, jamg‘arish, investitsiya va moliyaviy risklarni qabul qilishga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, virtual muhitda shakllanayotgan ishonch omillari, ijtimoiy taqqoslash va taqlid xulq-atvorining iqtisodiy munosabatlardagi roli yoritiladi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning iqtisodiy jarayonlarga ijobiy va salbiy ta’sirlari o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, ularning bozor shaffofligi, iqtisodiy faollik va kichik biznes rivojiga qo‘shayotgan hissasi bilan bir qatorda, noto‘g‘ri axborot tarqalishi, manipulyativ reklama va haddan tashqari iste’mol kabi salbiy oqibatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoqlarning iqtisodiy xulq-atvor va o‘zaro munosabatlarni shakllantirishdagi ahamiyati tobora ortib borayotganini ko‘rsatib, raqamli savodxonlikni oshirish hamda ijtimoiy tarmoqlarning iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini tartibga solishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini asoslaydi.


24.01.2026 Volume Issue View more Download
AKADEMIK ESHKAK ESHUVCHILARNING MASHG'ULOT VOSITA VA YUKLAMALARINI REJALASHTIRISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI

Mazkur maqolada akademik eshkak eshuvchilarning mashgʻulot jarayonida qoʻllaniladigan mashgʻulot vositalari va yuklamalarni rejalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda sport mashgʻulotlari nazariyasi va amaliyotiga oid zamonaviy ilmiy manbalar, yetakchi mutaxassislarning qarashlari hamda yuqori malakali eshkak eshuvchilar tayyorgarligi tajribasi oʻrganildi. Mashgʻulot yuklamalarining hajmi, intensivligi, yoʻnaltirilganligi va ularning sportchilarning funksional holatiga taʼsiri ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, yillik, oylik va haftalik mashgʻulot rejalashtirishda yuklamalarni optimallashtirish masalalari yoritildi. Tadqiqot natijalari akademik eshkak eshuvchilarning sport mahoratini oshirish, jarohatlanish xavfini kamaytirish va musobaqa faoliyatida yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.


24.01.2026 Volume Issue View more Download
ЎТКИР МИЕЛОБЛАСТЛИ ЛЕЙКОЗЛАРНИНГ ЭНГ КЎП УЧРАЙДИГАН ТУРЛАРИНИ ИММУНОФЕНОТИПИК ТЕКШИРИШ ТАҲЛИЛИ

Ўткир миелобластли лейкозларни иммунофенотипик текшириш орқали миелоид қатор ҳужайраларнинг аниқ синфи ва турини аниқлашда, FAB таснифи бўйича, аниқ бир тури орқали ташхислаш ва даволаш тактикаси белгиланади. Иммунофенотипик усул орқали текширишни иқтисодий самарадорлигини яъна бир моҳияти энг кўп учрайдиган М1, М2, М3, М4 типидаги миелолейкозларни аниқ иммуномаркерлар панели орқали текшириш ва ташхислаш мумкинлиги, поликимётерапияни белгилашда асос бўлади. Бу эса, морфологик, цитологик ва иммуногистокимёвий текширишлардан кўра анча арзон ва самарали текшириш усули эканлигини тасдиқлайди.


24.01.2026 Volume Issue View more Download
ZARBULMASAL ASARIDAGI MAQOLLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqola "Zarbulmasal" asaridagi maqollarning lingvistik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada maqollarning strukturaviy, semantik va stilistik jihatlari tahlil qilinadi, ularning madaniy qadriyatlar va ijtimoiy me'yorlarni ifodalashdagi roli ko'rsatiladi. Maqollarda ishlatiladigan metafora, alliteratsiya va boshqa retorik vositalar orqali ularning ifodali va esda qolarli bo'lishi ta'kidlanadi. Shuningdek, maqollarda sintaksis va fonetika jihatlari o'rganilib, tilning fikr shakllantirishdagi va jamoaning madaniy identitetini aks ettirishdagi o'rni ochib beriladi. Ushbu tadqiqot an'anaviy og'zaki adabiyotda til va madaniyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni chuqurroq tushunishga hissa qo'shadi.


24.01.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor