Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mustaqillik yillaridagi shakllanishi, faoliyat yo‘nalishlari, islohotlar va taraqqiyot bosqichlari tahlil qilinadi. Davlat boshqaruvi va huquqiy tizimni takomillashtirishdagi roli, huquqiy davlat asoslarini mustahkamlashdagi hissasi yoritilgan.
O‘zbek xalqining qadimiy tarixida ayol timsoli har doim muqaddas sanalgan. Ayniqsa, “ona” so‘zi nafaqat biologik ma’noda, balki xalqning ruhiy-ma’naviy hayotida, madaniy merosida yuksak martabaga ega bo‘lgan. Shu jumladan, “Xumay ona” timsoli xalq og‘zaki ijodi, afsona, doston va tarixiy manbalarda o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Bu timsolning ildizlari turkiy xalqlarning qadimiy dunyoqarashiga, mifologiyasiga va ruhiy qadriyatlariga borib taqaladi. “Xumay ona” obrazi orqali xalqimizning ayolga, onaga bo‘lgan munosabati, himoya, mehr-oqibat va sabr-toqat timsoli sifatidagi qarashlarini ko‘rish mumkin. Mazkur maqolada Xumay ona timsolining kelib chiqish manbalari, u bilan bog‘liq afsona va rivoyatlar, adabiy asarlarda qanday talqin etilgani hamda u orqali xalq ma’naviyatida shakllangan qadriyatlar yoritiladi.
Der Artikel untersucht die aktuellen politischen Maßnahmen zum Klimaschutz und bewertet deren Wirksamkeit im Kontext nationaler und internationaler Umweltpolitik. Im Mittelpunkt stehen das Pariser Klimaabkommen, der europäische Green Deal sowie das deutsche Klimaschutzgesetz. Die Analyse basiert auf politischen Strategien, statistischen Daten und wissenschaftlichen Studien. Die Ergebnisse zeigen zwar Fortschritte beim Ausbau erneuerbarer Energien, aber auch erhebliche Defizite in Bereichen wie Verkehr und Industrie. Die Diskussion hebt hervor, dass eine konsequente Umsetzung, internationale Kooperation und gesellschaftliche Beteiligung unerlässlich sind, um die Klimaziele zu erreichen.
Ushbu maqolada 1925-1945-yillarda Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tahlil qilinadi. Sovet Ittifoqining yangi siyosiy tizimi, kollektivlashtirish, repressiya va urushning ta’siri viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasida katta o‘zgarishlarga olib keldi. Paxta ishlab chiqarishining rivojlanishi va kolxozlar tizimining o‘rnatilishi viloyat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga yordam berdi, ammo bu jarayonlar jamiyatda qarshiliklar va ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqardi. Repressiya siyosati va urushning ta’siri esa, viloyatning siyosiy barqarorligini va aholi turmushini yomonlashtirdi. Maqolada Xorazm viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, ularning aholi va iqtisodiyotga ta’siri batafsil yoritilgan.
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning tarix ta’limida tutgan o‘rni, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri, afzalliklari va qo‘llanilish turlari ilmiy-nazariy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv metodlar, onlayn platformalar va raqamli resurslardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. XXI asrda insoniyat taraqqiyotining ajralmas qismiga aylangan raqamli texnologiyalar deyarli barcha sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimi ham bundan mustasno emas. Ayniqsa, ijtimoiy fanlar qatorida muhim o‘rin tutadigan tarix fani o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va saboq chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu nuqtayi nazardan, raqamli texnologiyalarning tarix darslariga integratsiyasi bu fanning o‘zlashtirilishini yengillashtiradi, uni ko‘proq hayotiy va jonli qiladi.