Mazkur maqolada Sharq uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy hayoti, ilmiy-ma’rifiy merosi hamda uning mashhur falsafiy asari — Fozil odamlar shahri (“Al-Madina al-fadila”)ning mazmun-mohiyati falsafiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, Forobiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari, jamiyat va davlat haqidagi konsepsiyasi, fozil inson timsoli hamda ideal jamiyat modeli yoritiladi. Shuningdek, asarda ilgari surilgan axloqiy fazilatlar, rahbar shaxsiga qo‘yilgan talablar, ilm va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni kabi masalalar tizimli ravishda ko‘rib chiqiladi. Maqolada Forobiy ta’limotining antik falsafa, xususan Aristotel hamda Platon qarashlari bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi hamda mutafakkirning Sharq va G‘arb falsafiy tafakkuri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi asoslanadi. “Fozil odamlar shahri” asari misolida ideal jamiyat va komil inson g‘oyasining nazariy asoslari, ularning bugungi globallashuv sharoitidagi dolzarbligi ilmiy tahlil etiladi. Natijada Forobiyning siyosiy-falsafiy qarashlari insonparvarlik, adolat, ma’naviy barkamollik va ijtimoiy hamkorlik tamoyillariga asoslangani, uning ideal jamiyat haqidagi ta’limoti zamonaviy fuqarolik jamiyati konsepsiyalari bilan uyg‘un jihatlarga ega ekani xulosalanadi.
This article analyzes the status of the mass media in society, the features of their use as a means of influencing the public consciousness, and the lexical units used by language speakers. Also, active and passive verbalizers used in communication through newspapers, magazines, radio, and television are structurally and semantically studied.
Ushbu maqolada Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” asarida tasvirlangan ayollar obrazi, jumladan, Amir Temurning kelini, Ulug’bekning onasi Gavharshodbegim obrazi hayoti va jamiyatdagi o’rni ko’rsatib beriladi hamda yosh avlod tarbiyasi borasidagi qimmatli fikr-mulohazalari keltiriladi.
Ushbu tadqiqot Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan asos solingan davlat boshqaruvi tizimining konseptual asoslarini hamda uning huquqiy va axloqiy prinsiplarini yoritishga bag‘ishlangan. Maqolada Bobur saltanatining barqarorligini ta’minlagan markazlashgan ma’muriy boshqaruv, vertikal hokimiyat va subedarlik institutining funksional xususiyatlari ilmiy tahlil qilinadi. "Boburnoma" asaridagi huquqiy diskurslar asosida hukmdorning adolat konsepsiyasi — hokimiyatning legitimligi va barqarorligi garovi sifatida talqin etilgan. Shuningdek, maqolada sud hokimiyatining xolisligi, soliq tizimidagi islohotlar va fuqaroviy huquqlarning himoyalanishi kabi masalalar bugungi kunning demokratik boshqaruv tamoyillari bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari Bobur davlatchilik maktabining huquqiy merosi zamonaviy siyosatshunoslik va yurisprudensiya fanlari uchun fundamental nazariy manba ekanligini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning nazariy-metodologik asoslari,jamiyat barqarorligi va davlat boshqaruvi tizimida ushbu jarayonning barcha asoslari tahlil qilinadi. Huquq meʼyorlarining ijtimoiy jarayonlarga taʼsiri,institutsional mexanizmlarning funksional samaradorligi, huquqiy tartibotning barqarorligini va modern huquqiy tizimlarning transformatsiya jarayonlari konseptual yondashuvlar asosida sharhlanadi. Shuniningdek, Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari kontekstida ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solinishining yangi modeli ilmiy jihatdan asoslanib beriladi.