Mazkur maqolada ilmning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni yoritilgan. Ilmning Qur’on va sunnatdagi fazilatlari, olim va tolibi ilmning martabasi hadislar hamda ulug‘ ulamolar hayotidan keltirilgan ibratli voqealar orqali bayon etilgan. Shuningdek, ilm talabida oliy himmatli bo‘lish, sabr-toqat, bedorlik, kamtarlik va ustozga hurmat kabi muhim odoblar yoritib berilgan. Maqolada ilm yo‘lidagi mashaqqatlarning haqiqiy mo‘min uchun rohatga aylanishi, ilmning qalb hayotidagi o‘rni hamda dunyo va oxirat saodatiga eltuvchi nur ekani asoslab berilgan.
Ushbu maqolada tilning millat hayotidagi o’rni, uning xalq ma’naviy boyligi va madaniy merosini ifodalovchi asosiy vosita sifatidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tilning millat birligini mustahkamlashdagi o’rni va uni asrab-avaylash zaruriyati haqida so’z yuritiladi.
Ushbu maqolada havo ifloslanishi va iqlim o‘zgarishining hozirgi holati, ularning inson salomatligi, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Maxsus e’tibor O‘zbekiston hududidagi muammolarga qaratilgan: sanoat korxonalari, transport vositalari va energetika manbalarining atmosferaga ta’siri, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va suv resurslariga ko‘rsatadigan oqibatlari yoritiladi. Maqolada havo ifloslanishini kamaytirish, iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlarini yumshatish va barqaror rivojlanishga erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltirilgan. Tadqiqot ekologik muammolarni tahlil qilish va ularga qarshi samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.