Tarixchi olima Dono Ziyaeva oʻz tadqiqotlarida Buxoro shahri toʻgʻrisida qiziqarli ma'lumotlarni keltirib, Buxoro shahri madaniyati, tarixiy obidalari, karvonsaroylari, savdo munosobatlari va boshqa ma'lumotlarni arxiv hujjatlar va manbalar asosida izohlab beradi.
Mazkur maqolada tijorat banklarida raqamli depozit xizmatlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning amaliy ahamiyati keng qamrovda tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya jarayonida omonat operatsiyalarining elektron platformalarga o‘tkazilishi bank faoliyatida samaradorlikni oshirishi, mijozlar uchun vaqt va mablag‘ tejalishini ta’minlashi, shuningdek, moliyaviy shaffoflik va hisob-kitoblarning aniqligini kuchaytirishi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, raqamli depozitlar bo‘yicha hisob yuritish mexanizmlari, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS 9) asosida foizlarni hisoblash, risklarni baholash hamda kiberxavfsizlik choralarini qo‘llash masalalari yoritilgan. Xalqaro tajriba, xususan AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida raqamli depozit xizmatlarining qo‘llanilish darajasi, O‘zbekiston amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilinib, so‘nggi yillarda milliy bank tizimida ushbu xizmatlarning jadal o‘sishi raqamlar va statistik ko‘rsatkichlar orqali asoslab berilgan. Shu bilan birga, raqamli depozit xizmatlarining kengayishi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar – infratuzilma yetishmovchiligi, kiberxavfsizlik xatarlarining ortishi va moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi kabi omillar ham batafsil ko‘rib chiqilgan.
India has long held a significant place in history as a cradle of science, art, and culture, serving as a center of civilization for the peoples of the world. Moreover, the peoples living in this land achieved remarkable advancements in medicine from ancient times and continued to develop their medical systems over centuries. This article will discuss the history of hospitals, which hold an unparalleled position in India’s medical system.
Mazkuz maqolada yangi tahrirdagi Mehnat kodeksning o‘ziga xos xususiyatlari, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilishning ahamiyati, shuningdek, Oʻzbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solish va ishchilarni samarali ijtimoiy himoya qilishni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish natijalari bo‘yicha fikrlar yuritilgan.
Mazkur maqolada tijorat banklarida mahsulot va xizmatlar bahosini shakllantirish amaliyoti chuqur tahlil qilinadi. Banklarning narx siyosati nafaqat kredit va depozit stavkalarini, balki barcha qo‘shimcha moliyaviy xizmatlarning qiymatini belgilashda muhim strategik vosita sifatida qaraladi. Xizmatlar bahosiga ichki xarajatlar, risklar, mijozlar ehtiyoji hamda tashqi iqtisodiy omillar ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, xalqaro tajribalar, Basel III va IFRS standartlari asosida baholash mexanizmlarini qo‘llashning afzalliklari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar, mijozlar segmentatsiyasi va innovatsion narxlash yondashuvlari orqali baho siyosatini takomillashtirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Natijada, banklarning raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va mijozlar ishonchini mustahkamlashga erishish mumkinligi ilmiy asosda isbotlangan.