Ushbu maqolada islom dinining Movarounnahr hududiga kirib kelishi, uning dastlabki davrdagi tarqalish jarayoni, mahalliy aholining e’tiqodga bo‘lgan munosabati va islomning bu mintaqada mustahkamlanish omillari tahlil etilgan. Shuningdek, islomning siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotga ko‘rsatgan ta’siri tarixiy manbalar asosida yoritiladi.
Ushbu maqolada Buxoro hududida islom dinining kirib kelishi, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni, shuningdek, mahalliy aholi tomonidan islom e’tiqodiga nisbatan bo‘lgan munosabat tarixiy jarayonlar asosida tahlil etiladi. Buxoroning “Islom gumbazi” sifatida shakllanishi, sovet davrida e’tiqodga bo‘lgan bosim va mustaqillik yillarida diniy qadriyatlarning tiklanish jarayoni ilmiy asosda yoritilgan.
Maqolada tijorat banklarini soliqqa tortish jarayonidagi dolzarb muammolar, ularning sabablari va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilingan. O‘zbekiston bank tizimida amalda qo‘llanilayotgan soliqqa tortish mexanizmlari, ularning xalqaro tajribadagi o‘rni va farqli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, soliqqa tortish jarayonining tijorat banklari faoliyati samaradorligiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Tadqiqot natijalarida soliq yukining ortib borishi, soliqqa tortish tizimida tabaqalashtirilmagan yondashuv va byurokratik jarayonlarning murakkabligi asosiy muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif tomonidan banklarni soliqqa tortish tizimini optimallashtirish, soliq hisobi jarayonlarini raqamlashtirish, shaffoflikni oshirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar tavsiyalaridan foydalanish orqali soliq mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Mazkur ilmiy maqola tijorat banklarida muammoli kreditlar (non-performing loans – NPL) bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Hamkorbank” ATB misolida tahlil qilingan. Muammoli kreditlar banklarning moliyaviy barqarorligi, rentabelligi va mijozlar ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ularni boshqarish va qaytarilishini ta’minlash bugungi kunda banklar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Maqolada muammoli kreditlarning paydo bo‘lish sabablari, “Hamkorbank” ATBda mavjud amaliyot, xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar o‘rganilgan. Shuningdek, muammoli kreditlarni kamaytirishning samarali mexanizmlari sifatida kredit tahlilini chuqurlashtirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, restrukturizatsiya jarayonini soddalashtirish va kredit sug‘urtasidan keng foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklar faoliyatida risklarni kamaytirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda mijozlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.