International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA KOLLABORATIV YONDASHUV ASOSIDA DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI, SAMARALI USULLARI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada men boshlang‘ich ta’limda kollaborativ yondashuv asosida darslarni tashkil etish metodikasi, uning samarali usullari hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida fikr yuritdim. Shuningdek, kollaborativ ta’limning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, jamoada ishlashi va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritildi.


30.05.2026 Volume 5 Issue 5 View more Download
O’SMIRLARDA KASB TANLASHGA SABAB BO’LUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR

Mazkur maqolada o‘smirlarda kasb tanlash jarayoniga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. Jumladan, qiziqish, qobiliyat, motivatsiya, oilaviy muhit, tengdoshlar ta’siri hamda shaxsning o‘zini anglash darajasi kasbiy yo‘nalishni belgilashdagi muhim omillar sifatida yoritilgan. Shuningdek, o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari va ularning kasb tanlashdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida bayon etilgan. Maqolada o‘quvchilarning ongli ravishda kasb tanlashiga yordam beruvchi tavsiyalar ham keltiriladi.


30.05.2026 Volume 5 Issue 5 View more Download
O'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

Ushbu maqolada yangi Konstitutsiyaning Ikkinchi bo'limi (V–XI boblar, 19–64-moddalar)da mustahkamlangan inson huquqlari kafolatlarining mazmuni, tarkibiy tuzilishi va huquqiy tabiati kompleks tarzda tahlil etiladi. Tadqiqot qiyosiy-huquqiy va matn tahlili metodlaridan foydalanib, inson huquqlarning bevosita amal qilishi tamoyili, aybsizlik prezumpsiyasi va ekologik huquq singari konstitutsiyaviy yangiliklardagi kontseptual siljishlarni aniqlaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, 2023 yilgi yangi Konstitutsiya inson huquqlari himoyasida davlatning ijobiy majburiyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi va "insonning qadr-qimmati oliy qadriyat" paradigmasini butun huquqiy tizim uchun markaziy asos sifatida belgiladi. Shu bilan birga, bir qator huquqlarning amaliy tatbiqini ta'minlash uchun qo'shimcha tarmoq qonunchiligi zarurligining qolib turishi muammo sifatida aniqlanadi.


30.05.2026 Volume 5 Issue 5 View more Download
СИСТЕМНЫЙ ПОДХОД К ОРГАНИЗАЦИИ ОКАЗАНИЯ ОНКОЛОГИЧЕСКОЙ ПОМОЩИ НАСЕЛЕНИЮ

В данной статье проанализированы теоретические и практические аспекты системного подхода к организации онкологической помощи населению. Рост эпидемиологической значимости онкологических заболеваний, усложнение методов диагностики и лечения, а также необходимость интеграции многоуровневых медицинских услуг требуют формирования единой системы управления онкологической службой. В исследовании рассмотрены ключевые компоненты организации онкологической помощи: скрининг, ранняя диагностика, мультидисциплинарное ведение пациентов, цифровой мониторинг, реабилитация и паллиативная помощь. На основе международных рекомендаций и опыта развитых стран разработана интеграционная модель онкологической помощи. Результаты исследования подтверждают, что комплексные механизмы управления способствуют повышению качества медицинской помощи, улучшению выживаемости пациентов и эффективности системы здравоохранения.


30.05.2026 Volume 5 Issue 5 View more Download
MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISHI, O‘ZGARISHI VA BEKOR BO‘LISHINING HUQUQIY ASOSLARI

Maqolada mulk huquqining vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishining huquqiy asoslari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi normalari hamda ilmiy-huquqiy qarashlar asosida mulk huquqining yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi yuridik faktlar, uning o‘zgarishiga olib keluvchi huquqiy munosabatlar va bekor bo‘lish asoslari o‘rganiladi. Shuningdek, mulk huquqini amalga oshirish va himoya qilish bilan bog‘liq ayrim masalalar yoritiladi.


30.05.2026 Volume 5 Issue 5 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor