Ushbu maqolada O'zbekiston tarixini umumta'lim maktablarida o'qitishning zamonaviy metodlari va metodikalari tahlil qilingan. Maqolada tarix fanini o'qitishdagi an'anaviy va innovatsion yondashuvlar, ularning samaradorligi va amaliy ahamiyati o'rganilgan. Shuningdek, tarix darslarida qo'llaniladigan metodlarning o'quvchilar bilim darajasiga ta'siri va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Maqolada xalq og‘zaki ijodi namunasi hisoblangan maqollarning ta’limiy xususiyatlari, maktab o‘quvchilarini ma’naviy yetuk, barkamol kamol topishida xalq paremalarining o‘rni haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, maqollarning lingvomadaniy xususiyatlari bayon etilib, maqollar har bir millatning ma’naviy, tarixiy, millliy o‘zligini namoyon etuvchi birlik sifatida tahlillar amalga oshiriladi.
Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash va takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tibbiy xizmat sifatini oshirish, moliyalashtirish tizimini yaxshilash, profilaktika choralari, hududiy tenglikni ta‘minlash, raqamlashtirish va ekologik muhitni yaxshilashga oid asosiy yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Mazkur chora-tadbirlar sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirish va aholining umumiy farovonligini ta‘minlashga xizmat qiladi.