Ushbu maqolada O‘zbekiston bank tizimida faoliyat yurituvchi Asakabank ATB misolida nomoddiy aktivlar (NA) auditini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda MHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” va IFRS 3 “Biznes birlashmalari” talablariga muvofiq ravishda bank balansida qayd etilgan dasturiy ta’minotlar, internet-banking platformalari, mobil ilovalar, brend qiymati va boshqa intellektual mulk obyektlari tahlil qilindi. Asakabankda NA auditi jarayonida uchraydigan asosiy muammolar – baholashdagi subyektivlik, huquqiy hujjatlar bazasining yetarlicha to‘liq emasligi, amortizatsiya siyosatidagi tafovutlar – aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarga asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, baholash metodologiyasini standartlashtirish, raqamli texnologiyalarni audit jarayoniga integratsiya qilish, auditorlar malakasini oshirish va intellektual mulk huquqlarini mustahkamlash kabi chora-tadbirlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari Asakabank ATBda nomoddiy aktivlar auditining shaffofligini oshirish hamda moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
В данной статье научно анализируется роль информационных технологий (ИТ) в повышении эффективности систем управления проектами и управления персоналом (HRM). Рассматриваются интеграция таких методологий, как Agile, Scrum и Kanban, с ИТ в управлении проектами, использование инструментов бизнес-аналитики в процессе принятия решений и возможности организации удалённого взаимодействия с помощью облачных сервисов. Показаны преимущества систем HRIS, платформ дистанционного обучения и технологий мониторинга эффективности работы сотрудников в процессах HRM. В исследовании представлены практические результаты, полученные в результате сокращения проектного цикла, повышения производительности труда сотрудников и рационального использования ресурсов в результате интеграции ИТ на примере IT-академии CoddyCamp. Результаты показывают, что правильное использование ИТ значительно повышает скорость, прозрачность и эффективность управленческих процессов.
Mazkur maqola orqali Franz Kafkaning 1912-yilda yozilgan “Hukm” hikoyasining chuqur ma’no mazmunini tahlil qilinadi. Hikoya Georg Bendeman ismli yosh savdogarning otasi bilan bo‘lgan murakkab munosabatlari, psixologik ziddiyatlari va o‘zini o‘zi anglash jarayonidagi to‘siqlar orqali insonning ichki kurashi, avtoritar figuralar oldidagi ojizlik va ekzistensial inqirozni o‘rganadi. Maqola adabiy tahlil usullaridan foydalangan holda hikoyaning ramziy tuzilishi, psixologik chuqurligi va falsafiy mazmunini ochib beradi. Kafkaning shaxsiy hayoti, xususan, otasi bilan munosabatlari hikoyaning avtobiografik kontekstini tushunishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Hikoyaning zamonaviy adabiyotdagi o‘rni va uning universal mavzulari maqolaning muhokama qismida yoritiladi.
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va mavjud muamolar tahlil qilinadi. Jumladan, sudlar mustaqilligi, sud amaliyotida bir birhillikning buzulishi, sudyalar ustidan tashqi bosimlar, korrupsiya holatlari va fuqarolarning adolatga bo’lgan ishonchi bilan bog’liq masalalar yoritiladi. Shu bilan birga, sud hokimiyatining mustahkamlanishi, qonun ustivorligi va inson huqularini taminlash yo’lida taklif va tavsiyalar ham ilgari suriladi.
Maqolada tijorat banklarida asosiy vositalar hisobini yuritish va ularni audit qilish tizimini takomillashtirish masalalari har tomonlama tahlil qilingan. Asosiy vositalarning bank faoliyatidagi ahamiyati, ularning baholash va amortizatsiya hisoblash usullari, shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) moslashtirish jarayonidagi dolzarb jihatlar yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklari misolida asosiy vositalar dinamikasi, ularni boshqarishdagi mavjud kamchiliklar va audit jarayonida uchraydigan muammolar statistik va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Natijada, amortizatsiya siyosatini diversifikatsiya qilish, raqamli inventarizatsiya tizimlarini joriy etish, IFRS talablariga to‘liq moslash va audit jarayonini axborot texnologiyalari asosida avtomatlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.