Ushbu maqolada voyaga yetmagan shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari va yurtimizda ularni rivojlanishlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni ta’lim jarayonlariga keng jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlar. Shuningdek, yosh avlodni sog‘lom hayot tarzida ulg‘aytirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar tahlil qilingan.
Ushbu maqolada mustaqillik davrida Xorazm vohasida olib borilgan tadqiqotlar haqida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Xorazm vohasidagi chet ellik olimlar bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari ko’rib chiqiladi. Maqolada Xorazm Arxeologiya-Etnografiya ekspeditsiyasining Xorazm vohasini o’rganilishidagi ahamiyati, mustaqillik davrida o’rganilgan qadimiy qal’alar haqida o’rganiladi.
Hozirgi kunda yer yuzidagi har bir davlatda atrof-muhitni himoya qilish, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish dolzarb mavzulardan biri bo’lib qolmoqda. Ushbu maqolada atrof-muhitni asrash masalalari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadigan Orol dengizi va uning qurishi sabablari hamda bundan kelib chiquvchi muammolarni bartaraf etishda olib borilayotgan ishlar haqida so’z yuritiladi.
Гидроэнергетика — это отрасль энергетики, использующая энергию воды для производства электричества. Она представляет собой важный и эффективный источник возобновляемой энергии, который имеет значительное значение для устойчивого развития и борьбы с изменением климата. В статье рассматриваются различные виды гидроэлектростанций, их принципы работы, преимущества и вызовы, с которыми сталкивается гидроэнергетика, а также перспективы дальнейшего развития технологий в этой области. В статье также освещены экологические и социальные аспекты строительства гидроэлектростанций и их воздействия на окружающую среду.