O’quvchilarda matn vоsitasida o‘quvchilarning nutq o`stirish bilan bоg`liq bo`lgan mashg`ulоtlar izchiligi borasida tavsiyalar. Turli xil interaktiv o’yinlar va ularni ta’lim jarayonida maqsadli qo’ll’ashning interaktiv jihatlari tadqiq qilindi.ayniqsa, matn vоsitasida o‘quvchilarning bоg`langan nutq malakasini rivojlantirish usullariga alohida e’tibor berildi.
Mazkur maqolada Qoraqalpoq va o‘zbek baxshichilik maktablaridagi ijro mahorati, ustoz-shogird an’anasi, ijrochilik uslublari hamda avlodlar davomiyligi o‘rganiladi. Ustoz-shogird maktabining folklor san’atida tutgan o‘rni, maktablararo o‘xshashlik va farqlar ilmiy-tahliliy jihatdan yoritiladi. Tahlil natijalari baxshichilik san’atining madaniy barqarorligini saqlab qolishdagi asosiy omillarni ochib beradi.
Бухоро амирлигининг иқтисодий, сиёсий ва маданий ҳаётини акс эттирадиган ЎзР МДАнинг “Бухоро амирлиги Қўшбеги маҳкамаси” (Управление кушбеги эмира Бухарского) деб номланган И-126 фонди ҳам ўзига хос тарихга эга. Ёзма маълумотларга кўра, тарихчилар орасида Қўшбеги архиви деб ном олган ҳужжатлар тўплами ўтган асрнинг 30-йилларида Бухоро Аркидан топилган бўлиб, унинг Марказий Давлат Тарих архивига топширилиши, яъни марказ Тошкентга олиб келиниши ўша даврдаги мураккаб иқтисодий-сиёсий вазиятда амалга оширилган.
Ushbu maqola g‘arb pedagogikasining umumisoniy qadriyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan hamda ularning boshqa xalqlar umuminsoniy pedagogikasining rivojlanishida tutgan o‘rni, G‘arb ta’lim tizimida shakllangan asosiy tamoyillar, erkinlik, tenglik, inson huquqlari ijtimoiy adolat va demokratiya kabi qadriyatlar tahlil qilinadi.