Ushbu maqolada insult o‘tkazgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi, xususan parodont to‘qimalarida yuzaga keladigan patologik va funksional o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda insultdan keyingi davrda bemorlarning umumiy somatik holati, markaziy nerv tizimi faoliyatidagi buzilishlar hamda gigiyena ko‘nikmalarining susayishi parodont kasalliklarining rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilgan. Shuningdek, parodont to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlarining kuchayishi, qon aylanishining buzilishi, immun tizim faoliyatining pasayishi hamda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan klinik belgilar va asoratlar tahlil qilingan. Maqolada insultdan keyingi davrda stomatologik profilaktika, parodont kasalliklarini erta aniqlash hamda kompleks davolash usullarining ahamiyati ilmiy asosda yoritib berilgan.
Ushbu maqola oʻzbek xalq qargʻishlarining gender (jinsiy) xoslanishini koʻrib chiqadi, ayollar va erkaklar nutqidagi farqlar, ularning turlari, misollari, lingvokulturologik va psixolingvistik tahlillarini batafsil yoritadi. Qargʻishlarning jamiyatdagi gender rollari bilan bogʻlanishi, oʻrganilgan olimlar va tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Maqola folkloristika, tilshunoslik va genderologiyaning kesishmasini ochib beradi, oʻzbek madaniyatining ijtimoiy jihatlarini yoritadi.
This article highlights the importance of oral hygiene for maintaining overall human health. It discusses the significant role of toothpaste in preventing dental and gum diseases and analyzes the main components of toothpaste and their functions. The paper also describes different types of toothpaste and their specific characteristics and applications. In addition, several widely used toothpastes were experimentally tested and compared to evaluate their effectiveness and properties. The results emphasize the importance of choosing an appropriate toothpaste in order to maintain proper oral hygiene.
Ushbu maqolada zamonaviy laboratoriya texnologiyalarining tibbiyotdagi ahamiyati, diagnostika jarayonidagi roli va bemorlar sog‘ligini saqlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Molekulyar biologiya, genetik diagnostika, immunologik metodlar, biomarkerlar va raqamlashtirilgan tizimlar yordamida kasalliklarni erta aniqlash, individual davolash strategiyalarini ishlab chiqish va tibbiy tadqiqotlarni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, avtomatlashtirilgan laboratoriya tizimlari va sun’iy intellekt integratsiyasi natijalarning aniqligi va ishonchliligini oshirishdagi rolini ta’kidlaydi. Maqola laboratoriya diagnostikasining klinik va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi dolzarb ahamiyatini yoritadi.
Ushbu maqolada ulug‘ vatandoshimiz Imom al-Buxoriyning ilmiy merosi va u kishi aslida kim bo‘lganliklari, shuningdek, Buxoriy haqida biz bilmagan ma’lumotlar xususida so‘z boradi. Unda allomaning ilm yo‘lida bosib o‘tgan yo‘llari, nafaqat Islom olami ilmiga, balki jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi, ilmiy meroslarining kelajak yoshlari hayotidagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, yurtimizda vatandoshimizning ilmiy merosini o‘rganish borasida olib borilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar haqida ham so‘z boradi.