Ushbu maqolada qoraqalpoq baxshichilik san’atining yoshlar estetik tarbiyasidagi ahamiyati, uning milliy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, baxshichilik san’atining yosh avlod ma’naviy dunyoqarashini boyitishdagi tarbiyaviy xususiyatlari yoritilgan.
Mazkur maqolada vasiyatnomani bekor qilish va o‘zgartirishning fuqarolik-huquqiy xususiyatlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda vasiyatnoma institutining huquqiy mohiyati, vasiyat erkinligi prinsipi, vasiyatnomani bekor qilish asoslari va unga o‘zgartirish kiritish tartibi yoritilgan. Shuningdek, sud amaliyotida uchraydigan muammolar, notarial faoliyatdagi ayrim kamchiliklar hamda xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Maqola davomida elektron vasiyatnoma va raqamli notarial tizimlarning zamonaviy meros huquqidagi o‘rni tahlil qilinib, milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
This article presents a comprehensive scientific analysis of the role and significance of digital strategies and innovation management in enhancing enterprise efficiency. Innovation management supports the development and implementation of new ideas, thereby increasing overall enterprise productivity.
Mazkur maqolada ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanishning nazariy-pedagogik asoslari, ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativ yondashuv va nutq madaniyatini shakllantirishdagi samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot davomida interfaol metodlarning ta’lim sifatini oshirishdagi afzalliklari pedagogik kuzatuv va tahliliy yondashuv asosida ochib berilgan.
Ushbu maqolada xalq ogʻzaki ijodi namunalarining (ertaklar, dostonlar, maqollar, topishmoqlar va tezaytishlar) oʻquvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini, mustaqil va mantiqiy fikrlashini hamda nutq madaniyatini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada dars jarayonida folklor materiallaridan unumli foydalanish usullari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan integratsiyalashuvi va ularning oʻquvchilar shaxsini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, oʻquvchilarning ijodiy tafakkurini faollashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar keltirilgan.