Ҳозирги замонда инсон ҳуқуқлари муҳим ўрин тутади. Бизнинг фикримизча, ҳуқуқий давлат қурилишидаги асосий шартлардан бири бу жамиятда инсон ҳуқуқлари ва эркинликларини кенгайтириш ҳамда ҳимоя қилиш ҳисобланади. Унчалик узоқ бўлмаган ўтмишда ҳам инсон ҳуқуқлари фақатгина ички давлат органлари доирасида тартибга солинган. Ҳар бир давлат ўз юрисдикциясида бўлган фуқаро ва шахсларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳажмини фақат ўзларигина ҳал қилиш ҳуқуқига эга деб ҳисоблар эдилар.
Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillarida tafakkur feʼllarining semantik xususiyatlari denotativ va sintagmatik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda feʼllarning asosiy maʼno darajalari, ularning kontekstdagi vositalari, boshqa feʼl guruhlari bilan aloqadorliklari koʻrib chiqiladi. Sintagmatik tahlil orqali feʼllarning valentlik xususiyatlari aniqlanadi va ular asosida leksik-semantik guruhlar shakllantiriladi.
Ushbu maqolada morfologik vositalarning tarixiy va arxaik shakllarining she’riy matnlarda qo‘llanilish sabablari o‘rganilgan. Bu shakllarning emotsional-ekspressivlikni ta’minlash, poetik individuallikni hosil qilish, tantanavorlik, matnga o‘zgacha tus berish va tilimizning turli imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun hozirgi zamon she’riyatida ishlatilishi misollar bilan tahlil etilgan.
Mazkur maqolada 1867–1917-yillar oralig‘ida Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy islohotlar tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Tadqiqot davomida ushbu davrga oid normativ-huquqiy hujjatlar, statistik to‘plamlar, matbuot nashrlari, rus va mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan ilmiy va publitsistik asarlar, shuningdek, xorijiy sayohatchilar va sharqshunos olimlar qaydlari o‘rganiladi. Shuningdek, mahalliy ziyolilar, jumladan jadidlar ijodida aks etgan mustamlakachilik siyosatiga nisbatan tanqidiy munosabatlar ochib beriladi. Ushbu manbalar Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy muhit, madaniy o‘zgarishlar va milliy uyg‘onish harakatlarini kompleks tarzda yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.