Tadqiqotimizda biz nazorat va tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan oq laborator kalamushlarni o‘rgandik. Postnatal ontogenezning turli davrlarida me’da osti bezining morfologik tahlillari natijasida, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, rivojlanish kechikishi va tomir devorining individual tarkibiy qismlarining shakllanishida sezilarli o‘zgarishlar aniqlangan. Tajriba boshlangandan keyingi birinchi kunlardan boshlab barcha tajriba hayvonlarida arteriya devoridagi o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezi hujayralari va ularning qon tomirlarida morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Ушбу мақолада хукмнинг модаллик бўйича бўлиниши ва унинг семантик характеристикаси хақида мантиқшунос олимларнинг фикрлари ҳамда мавзу юзасидан келтирилган мисоллар, уларнинг бир биридан фарқли жиҳатлари, семантик таснифлари юзасидан фикрлар баён қилинган. Ҳукм тафаккурнинг асосий шакли бўлиб, у нарса ва ҳодисалар, уларнинг турли белгилари, хусусият ва муносабатлари ҳақидаги тасдиқ ёки инкорни ифодалайди. Тасдиқ ёки инкор ҳар қандай ҳукмнинг муҳим белгисидир. Агар ҳукм ўзига хос тасдиқ ёки инкор белгисига эга бўлмаса, у ҳукм бўла олмайди.
Ushbu maqolada o‘zbek klassik adabiyotidagi ayol obrazlari tahlil qilinib, ularning badiiy-estetik mazmuni, ma’naviy-falsafiy mohiyati ochib berilgan. Ayniqsa, ayol siymosining jamiyatdagi o‘rni, axloqiy fazilatlari va timsol sifatidagi yuksak maqomi Suyima G‘aniyeva ilmiy izlanishlari asosida yoritilgan. Maqolada G‘aniyevaning Navoiy asarlarida uchraydigan ayol obrazlarini talqin etishdagi o‘ziga xos yondashuvi tahlil qilinadi. Shuningdek, bu obrazlarning zamonaviy tafakkur bilan bog‘liqligi va bugungi kun uchun dolzarbligi haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot klassik merosga yangicha nigoh bilan qarashga xizmat qiladi va ayol obrazining adabiyotshunoslikdagi o‘rni haqida chuqur tahliliy mulohazalar beradi.
Maqolada Yangi O‘zbekiston davrida oliy ta’lim muassasalarining tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqilligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalarning tutgan o‘rni atroflicha tahlil qilinadi. Xususan, so‘nggi yillarda qabul qilingan strategik qarorlar, raqamli boshqaruv tizimlari, moliyaviy monitoring vositalari va xalqaro tajriba asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud muammolar, istiqbolli yo‘nalishlar va takliflar asosli ravishda bayon etiladi.
Mazkur maqolada 1868–1917 yillar oralig‘ida Samarqand viloyatida yuz bergan madaniy jarayonlar tahlil qilinadi. Rus imperiyasi tarkibiga qo‘shilishdan so‘ng hududda yuzaga kelgan ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, yangi ta’lim tizimi, matbuot, teatr va boshqa madaniy institutlarning shakllanishi va ularning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri yoritilgan.