Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek sheʼriyatining yorqin vakillaridan biri boʻlgan Nodir Jonuzoq ijodida soʻzning koʻchma maʼnoda ishlatilish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Badiiy tasvir vositalaridan metafora, metonimiya, oʻxshatish, epitet, jonlantirish, takror va mubolagʻa kabi badiiy tasvir vositalarining qoʻllanilishi misollar bilan tahlil qilinadi. Shoirning til va uslubdagi individual mahorati, uning sheʼrlaridagi lisoniy xususiyatlar, shuningdek, badiiy obrazlarning lingvopoetik jihatlari oʻrganiladi.
Ushbu maqolada o‘quvchi yoshlarda iqtisodiy tarbiyani shakllantirishning ahamiyati hamda bu jarayonda pedagogik texnologiyalarning tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy bilimlarni samarali o‘rgatishda interfaol usullar va amaliy mashg‘ulotlarning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda interfaol metodlar va amaliy mashg‘ulotlarning roli hamda ularning samaradorligini oshirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, dars jarayoniga innovatsion yondashuvlar kiritish orqali o‘quvchilarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish muhimligi asoslab berilgan.
Ushbu maqolada Oʻtkir Hoshimov serqirra ijodkor, taniqli davlat arbobi, roman va qissalar muallifi hisoblanadi. Uning asarlarida hayotiy boʻlgan masalalar va urush vaqtida boʻlgan barcha qiyinchiliklar tasvirlangan. “Urushning soʻnggi qurboni” bu asarda ham urush vaqtida odamlarning qanday qiyinchilik koʻrgani, nimalar yetishmasligi ochiq tasvirlab berilgan. Hozirgi kun bilan bogʻlasak, hozirda ham zoʻravonliklar, tahdidlar davom etmoqda. Asar bizni tinchlikka undovchi kuch desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Ushbu maqolada ajrashgan oilalardagi ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarning farzand psixologiyasiga ta’siri turli ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili orqali ajralishdan keyingi oilaviy muhitda farzandning hissiy-emotsional holatida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, psixologik bosimlar va moslashuv jarayonlari yoritilgan. Tahlil falsafiy, psixologik va etnopsixologik nuqtai nazardan olib borilgan. Maqolada milliy qadriyatlar kontekstida o‘zbek oilalarida ajrashuv holatining bolalarga ta’siri alohida ko‘rib chiqilgan.