Ushbu maqolada epidemik parotid (yoki parotit) — quloq oldi sohasida joylashgan parotid so‘lak bezining yallig‘lanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kasallikning etiologiyasi, klinik belgilari, tashxislash usullari, davolash choralari va oldini olish tadbirlari yoritilgan. Maqola tibbiyot xodimlari, talaba va umumiy o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi muhimligi – sog‘lom, har tomonlama rivojlangan, mehnatga layoqatli va kelajakda jamiyatda o‘z fuqarolik vazifalarini to‘laqonli bajara oladigan yosh avlodni tayyorlash davlat ehtiyoji bilan bog‘liq ekani ta’kidlanadi.
Ushbu maqolaning maqsadi mashinali o‘qitish usullaridan foydalangan holda MRI tasvirlarida miya o‘smalarini turlarini aniqlashdir. Neyron tarmoq texnologiyalariga asoslangan holda MRI tasvirlar ulardagi o‘smalar mavjudligiga qarab o‘rganiladi. Maqolada bosh miya o‘smalari klassifikatsiyasi, neyron tarmoq arxitekturalari, modullari, MRI tasvirlarida o‘smalarni aniqlash algoritmlari va hozirda eng ko‘p qo‘llanilayotgan aktivlashtirish funksiyalari haqida hamda neyron tarmoq modullarini qurish usullari, kamchiliklari va imkoniyatlari ham tahlil qilingan.