Ushbu maqolada zamonaviy qurilishda qo‘llanilayotgan kompozit materiallar yordamida eskirgan binolarni seysmik mustahkamlash masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Maqola asosida temir-beton konstruksiyalarni qayta tiklash va ularda yuzaga kelgan konstruktiv nosozliklarni bartaraf etishda FRP (Fiber Reinforced Polymer) kompozit materiallaridan foydalanishning texnik-iqtisodiy samaradorligi tahlil qilindi. Mazkur materiallarning yuqori mustahkamlikka ega bo‘lishi, korroziyaga bardoshliligi, yengilligi va montaj qulayligi ularni an’anaviy mustahkamlash usullariga nisbatan ustunligini ko‘rsatadi.
Maqolada pensiya ta’minoti tizimining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish masalasi manbalarni diversifikatsiya qilish va fiskal xatarlarni boshqarish mexanizmlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Pensiya tizimining barqarorligi faqat badallarni oshirish yoki xarajatlarni qisqartirish bilan cheklanmasligi, balki daromad manbalarini ko‘paytirish, ularning siklik tebranishlarga sezgirligini kamaytirish, majburiyatlarni prognozlash va budjet xatarlarini oldindan boshqarish orqali ta’minlanishi asoslanadi.
Mazkur maqolada meva va sabzavotlardan tayyorlangan quyuqlashtirilgan mahsulotlarning Tovarlarni identifikatsiyalash va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) bo‘yicha tasniflanishi pozitsiya va subpozitsiyalar kesimida tahlil qilingan. Tadqiqot HS 2022 talqiniga asoslanib, 20-guruh doirasidagi 2002, 2007 va 2009-pozitsiyalar hamda ularning subpozitsiyalari misolida olib borilgan. Jadval va sxemalar yordamida quyuqlashtirilgan mahsulotlarni tasniflashda uchraydigan asosiy muammolar aniqlanib, mahsulotning fizik holati va funksional qo‘llanilishi hal qiluvchi mezon ekanligi asoslab berilgan.
Ushbu maqolada multimedia vositalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishdagi roli va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Multimedia vositalari, jumladan, audio, video va interaktiv materiallar orqali ta’lim jarayonida qiziqish va motivatsiyani oshirish, o‘zlashtirishni yengillashtirish va o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada multimedia vositalaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, masalan, texnologik qiyinchiliklar, resurslarning yetishmasligi va o‘quvchilarning individual farqlari haqida fikrlar bildiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida multimedia vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Mazkur maqolada 1-4 sinf ona tili darslarida fe’l mavzusining o‘rgatilishi, nazariyasi va e’tiborli juhatlari, asosan bu sinflarda fe’lning qaysi jihatlariga e’tibor qaratilishi masalalari tahlil etilgan bo‘lib, ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi samarasi va fe’l mavzusini o‘rganish yakunida o‘quvchilar egallashi mumkin bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi ham berilgan.