International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



INNOVATSION KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA AMALIY MASHG’ULOTLAR VA PEDAGOGIK AMALIYOTNING O’RNI

Mazkur maqolada bo’lajak xorijiy til o’qituvchilarida innovatsion kompetentlikni rivojlantirishda amaliy mashg’ulotlar va pedagogik amaliyotning o’rni tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida innovatsion kompetentlikni shakllantirilishiga ta’sir etuvchi omillar, xususan, lesson study, interfaol mashg’ulotlar hamda pedagogik amaliyot jarayonida qo’llaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining samaradorligi yoritib beriladi. Shuningdek, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy faoliyatida innovatsion yondashuvlarni shakllantirish, mustaqil qaror qabul qilish va kreativ fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishda amaliy mashg’ulotlarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.


27.01.2026 Volume 5 Issue 1 View more Download
YANGI O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARINING TRANSFORMATSIYASI

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning transformatsiya jarayoni zamonaviy tarixiy yondashuv asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqillikdan keyingi davrda, ayniqsa 2016-yildan boshlab amalga oshirilgan keng ko‘lamli siyosiy, huquqiy va ijtimoiy islohotlarning davlat boshqaruvi tizimiga hamda jamiyat hayotiga ta’siri ochib beriladi. Maqolada “davlat — jamiyat uchun” va “inson manfaatlari ustuvor” tamoyillarining shakllanishi, davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash mexanizmlarining joriy etilishi, fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, jamoatchilik nazorati, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat o‘rtasidagi vositachi sifatidagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini, mazkur transformatsiya demokratik jamiyat qurish, huquqiy davlatni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotga erishishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.


25.01.2026 Volume 5 Issue 1 View more Download
СУД-ПРОБАЦИЯ ФАОЛИЯТИДА ҲУҚУҚНИ ҚЎЛЛАШ АМАЛИЁТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ВА РАҚАМЛИ МОНИТОРИНГ МУАММОЛАРИ

Мазкур параграфда Ўзбекистонда суд–пробация тизимида жиноятчиликнинг “рақамлилашуви” шароитида профилактика самарадорлигини таъминлаш масалалари илмий-амалий жиҳатдан таҳлил қилинади. Ахборот технологияларидан фойдаланиб содир этиладиган жиноятлар (киберфирибгарлик, онлайн талон-торож қилиш ва ҳ.к.) ортиб бораётгани фонида озодликни чеклаш жазосини ижро этишда анъанавий офлайн назорат индикаторларига суяниш “кўринмас рақамли девиация”ни барвақт аниқлаш имкониятини чеклаётгани асосланади. Суд амалиётида интернетдан фойдаланишни чеклаш чорасининг (ЖК 45-модда) қўлланилмаслиги ҳамда “E-probatsiya” риск баҳолаши реал киберхатарлар билан мос келмаслигига доир кейс орқали тизимли узилишлар очиб берилади. Хулосада назорат предметини офлайндан онлайн риск профилига кенгайтириш, чекловларни индивидуаллаштириш ва рақамли мониторинг механизмларини ҳуқуқий жиҳатдан мустаҳкамлаш йўналишлари таклиф этилади.


25.01.2026 Volume 5 Issue 1 View more Download
BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISHNING BIOMEKANIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada baydarka va kanoeda eshkak eshish jarayonining biomekanik xususiyatlari yoritilgan. Unda eshkak eshish harakatining asosiy fazalari, mushaklar faoliyati, kuch uzatilishi hamda muvozanat va koordinatsiyaning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, to‘g‘ri biomekanik texnikaning sport samaradorligini oshirish va jarohatlarning oldini olishdagi roli ko‘rsatib berilgan.


24.01.2026 Volume 5 Issue 1 View more Download
AKADEMIK ESHKAK ESHISHDA JAMOAVIY QAYIQLAR UCHUN EKIPAJNI MORFOLOGIK VA ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada akademik eshkak eshish sportida jamoaviy qayiqlar uchun ekipajni shakllantirishda sportchilarning morfologik va antropometrik ko‘rsatkichlarining ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida bo‘y uzunligi, tana vazni, tana massasi indeksi, qo‘l va oyoq uzunligi hamda mushak massasining sport natijalariga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar asosida ekipajni shakllantirishda individual yondashuvning samaradorligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish va sportchilarning tanlov tizimini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.


24.01.2026 Volume 5 Issue 1 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor