Mazkur maqola diniy-tasavvufiy asarlarda ruhiy quvvatning badiiy talqini masalasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada insonning ruhiy-ma’naviy olami, ruh, qalb, nafs, ishq, ma’rifat, nur, saodat va komillik kabi tushunchalarning diniy-tasavvufiy tafakkur hamda badiiy matndagi mazmuniy-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ruhiy quvvatning insonning ichki dunyosi, ma’naviy poklanishi, o‘zligini anglashi va komillikka intilishi bilan bog‘liq holda badiiy ifodalanish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot obyekti sifatida Abu Ali ibn Sinoning “An-nafsiya” (“Ruh haqida”), Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy”, Imom G‘azzoliyning “Kimyoyi saodat” hamda Mashrabning “Mabdayi nur” asarlari tanlangan.
Maqolada ikki tomonlama to‘liq yuqori lab yorig‘i bo‘lgan bolalarda yuqori lab va burun deformatsiyasini bir bosqichda bartaraf etishga bag‘ishlangan klinik natijalar va zamonaviy ma’lumotlar tahlil qilindi. 2025–2026-yillar davomida Farg‘ona viloyatida 67 nafar bemorda o‘tkazilgan bir bosqichli xeylorinoplastika natijalari o‘rganildi. Tadqiqot metodologiyasi Millard va Fisher usullari, aniq klinik diagnostika va operatsiyadan oldingi ortodontik tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, operatsiyadan keyingi suvsizlanish profilaktikasi va erta tiklanish choralari bilan birgalikda o'tkazilgan bir bosqichli korreksiya estetik va funksional natijalarni yaxshilaydi, ikkilamchi jarrohlik aralashuvlari sonini kamaytiradi hamda bolalarda burun-lab majmuasining uyg‘un rivojlanishini ta’minlaydi.
В работе исследуется смешанная задача для дифференциального уравнения первого порядка, содержащего пространственную инволюцию. Рассматривается задача с отклоняющимся аргументом вида , позволяющая учитывать симметрию исследуемого процесса. Для исследования применяется метод разделения переменных, в результате которого исходная смешанная задача сводится к спектральной задаче относительно пространственной переменной.