Onalik va bolalikni muhofaza qilish zamonaviy jamoat salomatligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ona va bola salomatligi ko‘rsatkichlari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tibbiy xizmatlar sifati hamda aholi turmush darajasini aks ettiruvchi muhim indikatorlar sirasiga kiradi. Mazkur maqolada onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimining zamonaviy tibbiy-ijtimoiy muammolari, maternal va neonatal salomatlikka ta'sir etuvchi determinantlar hamda ularni bartaraf etishning istiqbolli yo‘nalishlari tahlil qilindi. Tadqiqotda 2020–2026-yillarda e'lon qilingan xalqaro ilmiy adabiyotlar, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, UNICEF, UNFPAning rasmiy hisobotlari o‘rganildi. Olingan ma'lumotlar tahlili shundan dalolat beradiki, ona va bola salomatligining holati nafaqat tibbiy yordam sifati, balki ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy sharoitlar, ayollar ta'lim darajasi, ekologik omillar va sog‘lom turmush tarziga ham bevosita bog‘liqdir. Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish uchun profilaktik yondashuvlarni kuchaytirish, reproduktiv salomatlik xizmatlarini kengaytirish, birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish hamda raqamli sog‘liqni saqlash texnologiyalarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur maqolada oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning tarbiyaviy, ma’naviy va ijtimoiy funksiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Oilaning shaxs kamoloti, barkamol avlod tarbiyasi, milliy qadriyatlarning saqlanishi hamda jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy oilalar oldida turgan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va yechimlari ilmiy-nazariy manbalar asosida bayon etiladi. Oila institutini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda davlat va jamiyatning bu boradagi vazifalari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada yosh velosportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda tezlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning samarali mashq tizimlari tahlil qilingan. Velosportda yuqori natijalarga erishish uchun sportchilarning funksional imkoniyatlarini oshirish, aerob va anaerob quvvatini rivojlantirish hamda mashg‘ulot yuklamalarini ilmiy asosda rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida intervalli mashqlar, takroriy usul va uzluksiz yuklama mashqlarining yosh velosportchilar organizmiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar tezlik va chidamlilik sifatlarini kompleks rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar sport natijalarining sezilarli yaxshilanishiga xizmat qilishini ko‘rsatdi.
Ushbu ilmiy maqolada Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitida introduksiya qilingan dorivor o‘tkir bargli sano (Cassia acutifolia Del.) va tor bargli sano (Cassia angustifolia Vahl.) turlarining agrobiologik, o‘sish va rivojlanish dinamikasi, suv rejimi hamda barg tarkibidagi biologik faol moddalar (flavonoidlar, fenolik birikmalar, antraglikozidlar) miqdori qiyosiy o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida, Cassia angustifolia turi yuqori o‘sish sur'ati, vegetativ biomassa to‘plashi va reproduktiv salohiyati bilan ajralib tursa, Cassia acutifolia turi yuqori darajadagi suv saqlash qobiliyati (82,6 %) va past suv tanqisligi (11,8 %) hisobiga qurg‘oqchilik va yuqori haroratga nisbatan kuchli fiziologik moslashuvchanlikni namoyon etdi. Biokimyoviy tahlillar o‘tkir bargli sano bargida antraglikozidlar (2,84 %), flavonoidlar (3,86 %) va fenolik birikmalar (5,72 %) miqdori tor bargli sanoga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Olingan ma'lumotlar mahalliy farmatsevtika sanoatini sifatli dorivor xomashyo bilan ta'minlashda muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
The role and importance of motivation and self-management in the process of online language learning is analyzed. The issues of effective organization of students' educational activities, maintaining learning motivation and developing independent learning skills in modern digital education are covered. According to the results of the study, high motivation and developed self-management skills significantly increase the effectiveness of online language learning. The article also scientifically substantiates the importance of internal and external motivation, time management, goal setting and self-control in language learning.