Mazkur maqolada sport menejmenti sohasida gender tengligi masalalari tahlil qilinadi. Unda ayollarning sport boshqaruvidagi ishtiroki, mavjud to‘siqlar, ilg‘or tajribalar va gender tengligini ta’minlash bo‘yicha takliflar keltirilgan. Maqola sport tizimidagi adolatli va inklyuziv boshqaruvga erishish yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan.
Mazkur maqolada zamonaviy sport tadbirlarini tashkil etishda ijtimoiy media platformalarining tutgan o‘rni, ularning kommunikatsion va marketing vositasi sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlarning sport muhitida ommaviylik, ishtirokchilik, auditoriyani jalb qilish va tadbirlar atrofida virtual jamoa shakllantirishdagi roli yoritiladi. Sport tashkilotlari, klublar va tadbir tashkilotchilari uchun ijtimoiy media vositalarining samarali strategiyalarini ishlab chiqish zarurligi asoslab beriladi.
1993-yilda Movarounnahr musulmonlari idorasi tizimida muhim oʻzgarish-muftiy, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning isteʻfoga chiqishi va uning oʻrniga yangi muftiy tayinlanishi yuz berdi. Ushbu voqea idora tarixidagi muhim bosqich boʻlib boʻlib, 1996-yilgacha boʻlgan davr, hozirgi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimining shakllanishida soʻngi bosqich hisoblanadi. Mazkur maqolada bu davrda yuz bergan muhim voqeliklar, tarixiy hodisalar va ularning tahlili haqida soʻz boradi.
Mazkur maqolada talabalar orasida sport menejmentiga bo‘lgan qiziqishni o‘rganish va sport menejmenti sohasiga yangi fikrlash tizimini kiritish, innovatsion yondashuvlar orqali kadrlar salohiyatini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni sohaga jalb qilish bo‘yicha zamonaviy uslublar tahlil qilinadi. Shuningdek, sport menejerlarini tayyorlashda ilm-fan, texnologiya va amaliyotning uyg‘unlashgan holatdagi o‘rni yoritiladi.