Maqolada iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi, uning asosiy komponentlari va tahdidlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston misolida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning davlat, hududiy va korporativ mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, global va mahalliy iqtisodiy muammolar, raqamli transformatsiya va innovatsiyalar kontekstida xavfsizlikni mustahkamlash strategiyalari taqdim etiladi.
Ush bu maqolada memorial muzey majmualarning eksponatlarini to’g’ri yoritish usullari haqida to’xtalib o’tamiz. Eksponatlarini yoritishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida ko’rib chiqiladi. Zamonaviy yoritish vositalari, Led lampalar, shuningdek teatr va konsertlarda ishlatiladigan projektor lampalarni memorial muzey majmualaruning ekspozitsion faoliyatini tashkil etishdagi o’rni haqida to’xtalib o’tamiz.
Maqolada ko‘chmas mulk bozori infratuzilmasi tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari va iqtisodiyotdagi samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Infratuzilma elementlari sifatida kadastr tizimi, moliya institutlari, sug‘urta tashkilotlari, ko‘chmas mulk agentliklari va axborot platformalarining iqtisodiy mexanizmlardagi o‘rni o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan infratuzilma ko‘chmas mulk bozorida investitsion muhitni yaxshilaydi, bitimlar shaffofligini oshiradi hamda iqtisodiy o‘sishni tezlashtiradi.
Mazkur maqolada Oʻzbekiston ko‘chmas mulk bozorining hozirgi holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Bozorni shakllantiruvchi asosiy omillar – aholining o‘sish sur’ati, shaharsozlik siyosati, investitsion muhit va raqamli boshqaruv tizimining joriy etilishi – batafsil o‘rganilgan. Tadqiqotda 2020–2025-yillar oralig‘idagi milliy statistika ma’lumotlari, hukumat qarorlari va xalqaro tajribalar tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori faol diversifikatsiya bosqichiga kirgan, biroq normativ-huquqiy bazaning yetarli emasligi, kadastr ma’lumotlarining raqamlashtirilmaganligi va ijtimoiy uy-joy siyosatining zaifligi kabi muammolar mavjud. Taklif etilgan yechimlar orasida yagona raqamli platforma joriy etish, shaffof investitsiya mexanizmlarini yaratish va uy-joy siyosatini modernizatsiya qilish zarurligi ta’kidlanadi.