Ushbu maqolada turkologiyaning dolzarb mavzularidan biri, xususan, hozirgi qoraqalpoq tilshunosligidagi etnografizmlar muhokama qilinadi. Ayniqsa, bu yo‘nalishda chuqur va har tomonlama tadqiqot olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada qoraqalpoq adabiyotining yetuk vakili, shoira G. Davletova ijodida uchraydigan etnografizmlar uslubiy jihatdan tahlili amalga oshirilgan.
Ushbu maqolada makrosomiya holatida fetoplasental kompleksning funksional o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Tug‘ilish vazni atrof-muhit, ijtimoiy va biologik omillarga sezgir ko‘rsatkich bo‘lib, makrosomiya rivojlanishining sabablari va natijalari batafsil o‘rganiladi. Plasentaning homilaning o‘sishiga ta’siri, uteroplasental qon aylanishining roli va platsenta disfunktsiyasi natijalari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari makrosomiya holatlarining kelib chiqish omillari, diagnostikasi va oldini olish yo‘nalishlarini tushunishga yordam beradi.
Ushbu maqolada tarix fanining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tadbiqi ko‘rib chiqiladi. Tarixiy ma’lumotlarni raqamlashtirish, elektron arxivlar, virtual muzeylar va sun’iy intellekt asosidagi dasturlarning tarixshunoslikdagi roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqola informatika vositalari yordamida tarixiy tadqiqotlar sifatining oshishi va ma’lumotlarni yanada interaktiv va oson tushunarli qilish imkoniyatlarini yoritadi. Shuningdek, texnologiyalardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu ish tarixshunoslik va axborot texnologiyalari sohalarining uyg‘unlashuvi kelajakda ilm-fan rivojida yangi istiqbollar ochishini ta’kidlaydi.
Ushbu maqolada yorugʻlikning asosiy to‘lqin xossalari interferensiya, difraksiya va dispersiya hodisalari tahlil qilinadi. Interferensiya yorugʻlik to‘lqinlarining bir-biriga qoʻshilishi orqali hosil bo‘ladigan kuchayish va susayish hodisasi hisoblanadi. Difraksiya esa yorugʻlikning to‘siqlardan o‘tganda egilishi va tarqalishini ifodalaydi. Dispersiya esa yorugʻlikning to‘lqin uzunligiga qarab har xil burchaklarda yoyilishini, ya’ni ranglarga ajralishini anglatadi. Bu hodisalar fizikadagi optika bo‘limining muhim qismlaridan bo‘lib, turli ilmiy va texnik sohalarda tibbiyotda, aloqa texnologiyalarida, lazer tizimlarida, optik asboblardagi qo‘llanmalarga ega. Maqola davomida nazariy tushunchalar, formulalar, tarixiy kashfiyotlar va amaliy tajriba misollariga asoslanilgan. Shuningdek, bu mavzu orqali talabalarda yorugʻlikning to‘lqin xossalari haqidagi bilimlar chuqurlashadi va fanlararo bogʻliqliklarni tushunish ko‘nikmalari shakllanadi.