Maqalada muzıka óneriniń xalıq pedagogikasánıń ajayıp quralı ekenligi, ullı oyshılar Platon, A. Nawayı, Sh. Sheraziyler pikirlerine, muqáddes kitabımız Quranı Kariymniń qiráát jolı menen muzıkalı oqılıwınıń insan jan sezimine tásirine hám ayrıqsha kórkem óner túri sıpatındaǵı funkciyalarına tiykarlanıp kórsetilgen.
Ushbu maqolada ijtimoiy muhitning shaxs rivojlanishiga ko'rsatadigan ta'siri har tomonlama tahlil qilingan. Tadqiqot oila, ta'lim muassasalari, tengdoshlar guruhi, ommaviy axborot vositalari va raqamli muhit kabi ijtimoiy muhitning asosiy tarkibiy qismlarini o'rganadi. Maqolada ijtimoiylashtirish jarayoni, taqlid mexanizmi va ijtimoiy nazorat orqali amalga oshiriluvchi ta'sir mexanizmlari batafsil ko'rib chiqilgan.
Ushbu maqola psixologiyada agressiya muammosining ilmiy tahliliga bag'ishlangan. Maqolada agressiyaning ta'rifi, turlari, psixologik nazariyalari, sabablari va oqibatlari ko'rib chiqilgan. Maqolada agressiyaning kelib chiqishini tushuntiruvchi asosiy nazariyalar - biologik, psixologik va kognitiv yondashuvlar batafsil yoritilgan va zamonaviy psixologik tadqiqotlarga asoslanib yozilgan bo'lib, agressiya muammosini hal qilishda kompleks yondashuvning zarurligini ta'kidlaydi.
Ushbu maqolada mahsulotlarni va sifatni boshqarish tizimlarini xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish jarayoni hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Sertifikatlashtirish eksport va import jarayonlarini yengillashtirish, tashqi bozorda raqobatbardoshlikni oshirish, mijozlar ishonchini mustahkamlash va investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, ISO 9001, ISO 22000, va boshqa sifat tizimlari standartlarini joriy etish orqali korxonalarning xalqaro talablarga moslashuvi va mahsulot sifatining barqarorligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan.