Ushbu maqola global muammolarni o‘rganish jarayoni orqali tanqidiy yondashuvni shakllantirish masalasini tadqiq qiladi. Tadqiqot global muammolar tushunchasi, ularning turlari va jamiyat ongiga ta’sirini yoritadi, shuningdek, analitik va mustaqil fikrlashning ahamiyatini ta’kidlaydi. Ishda tanqidiy fikrlashning pedagogik mohiyati va uni murakkab ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va xalqaro muammolarni tahlil qilish orqali shakllantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlar, munozaralar va tadqiqot faoliyati orqali tanqidiy yondashuvni rivojlantirish usullari tahlil qilingan. Axborot manbalarini baholash, turli qarashlarni solishtirish va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning muhim qismi sifatida ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari global muammolarni o‘rganish shaxsda mustaqil fikrlash, mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, bunday yondashuv zamonaviy ta’lim tizimining samaradorligini oshiradi.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida emotsional intellekt shakllanishida oilaviy muhit va maktab boshqaruvida emotsional intellektning ahamiyati tahlil qilinadi. Ilmiy manbalar tahliliga asoslanib, ota-onalarning tarbiyaviy munosabatlari hamda maktab rahbarlarining emotsional intellekt kompetensiyalari o‘quvchilarning hissiy rivojlanishi va ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida emotsional va kognitiv yondashuvlarni integratsiyalashtirish masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligi, ichki motivatsiyasi va psixologik farovonligiga emotsional qo‘llab-quvvatlash hamda faol bilishga yo‘naltirilgan metodlarning ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, pedagogik kuzatish va so‘rovnoma metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar integratsiyalashgan yondashuv stress va tashvish darajasini kamaytirishini, o‘quvchilarning darsga jalb etilishi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishini ko‘rsatdi.
Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining imkoniyatlari va xavflari tanqidiy-huquqiy yondashuv asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda ChatGPT kabi til modellari misolida AI tizimlarining ta’lim, tibbiyot, moliya va sanoat sohalaridagi samaradorligi bilan bir qatorda, noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish, shaxsiy ma’lumotlar himoyasi, axborot xavfsizligi, manipulyatsiya va algoritmik tarafkashlik bilan bog‘liq muammolar yoritiladi. Shuningdek, sun’iy intellektni huquqiy va etik jihatdan tartibga solish bo‘yicha xalqaro tajriba tahlil qilinib, davlat nazorati, ishlab chiquvchilarning mas’uliyati va foydalanuvchilarning axborot madaniyatini oshirish zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt inson tafakkuri va axloqini to‘liq almashtira olmaydi, biroq uni ongli va me’yoriy boshqaruv asosida qo‘llash jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Burun to‘sig‘i qiyshayishi (septum deviasiyasi) — LOR amaliyotida eng ko‘p uchraydigan anatomik o‘zgarishlardan biri bo‘lib, burun bo‘shlig‘i orqali havo oqimining fiziologik o‘tishini buzadi. Ushbu holat nafaqat nafas olish qiyinchiligi, balki bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi, tez-tez rinosinusitlar, quloq shamollashi va umumiy hayot sifatining pasayishiga olib keladi. Maqolada burun to‘sig‘ining normal anatomiyasi, septum deviasiyasining kelib chiqish sabablari, patofiziologik mexanizmlari hamda uning nafas olish tizimi va bemor hayot sifatiga ko‘rsatadigan ta’siri batafsil yoritilgan. Shuningdek, klinik belgilar, tashxis qo‘yish usullari va davolashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi.