Maqolada soliq ma’murchiligini raqamlashtirish jarayonlari va ularning soliq bazasini kengaytirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarni soliq tizimiga joriy etish orqali soliqlarni yig‘ish samaradorligini oshirish, “soya iqtisodiyoti”ni qisqartirish hamda fiskal shaffoflikni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi xalqaro amaliyot bilan solishtirilib, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soliq ma’murchiligini raqamlashtirish davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va soliq bazasini kengaytirishda strategik omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ushbu maqolada A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” asari va unda ta’kidlangan ta’limiy-axloqiy masalalar haqida fikr yuritiladi. Asarda muhabbat, ijtimoiy tengsizlik va adolatsizlik kabi dolzarb mavzular tilga olinadi. Asosiy qahramon Solih va Rahima o‘rtasidagi fojiaviy muhabbat hikoyasi orqali eski urf-odatlar qoralanadi.
Metodika fani ta'lim jarayonining samarali bo‘lishini ta'minlashda asosiy o‘rin tutadi. Ushbu maqolada metodika fanining ta'limdagi roli, metodik yondashuvlar va uslublar, o‘qitishning turli metodlari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada metodikaning o‘quvchilarni ta'lim olishga qiziqtirishdagi ahamiyati, o‘qitish va o‘rganish jarayonlaridagi innovatsion metodlarni qo‘llashning zaruriyati va maqsadlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, metodika fanining o‘qituvchilarni tayyorlashda qanday muhim o‘rin tutishi haqida ham so‘z yuritiladi.
Hamshiralik ishida bemor bilan samarali muloqot tibbiy yordamning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqola muloqotning hamshiralik jarayonidagi o‘rnini va ahamiyatini nazariy jihatdan tahlil qiladi, uning bemorlarning ruhiy va jismoniy holatini yaxshilashdagi rolini ko‘rsatadi. Maqolada samarali muloqotning nazariy asoslari, strategiyalari, to‘siqlari va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi. Muloqotning bemor markazli yondashuvdagi o‘rni ta’kidlanib, hamshiralarning kasbiy malakasini oshirish zarurligi ko‘rsatiladi.