International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



HTML ASOSLARI VA ULARNI O‘RGANISH METODIKASI

Ushbu maqola HTML tilining asosiy tushunchalari, struktura elementlari va zamonaviy veb-ishlanmalardagi roli haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, maqolada HTMLni o‘rganishning samarali metodikalari tahlil qilinadi, jumladan nazariy bilimlar, amaliy mashqlar va interaktiv platformalardan foydalanish orqali talabalarning bilim darajasini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari HTML asoslarini o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish va veb-dizayn sohasida mustahkam bilim olishga yordam berishini ko‘rsatadi.


16.03.2026 Volume 5 Issue 3 View more Download
PROKUROR LAVOZIMIGA TAYINLASH VA OZOD QILISH HAMDA UNING FAOLIYATIDAGI ASOSIY PRINSIPLAR

Mazkur maqolada prokuror lavozimiga tayinlash va uni lavozimidan ozod etish tartibining huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, prokuratura organlari faoliyatining asosiy prinsiplari, jumladan, qonuniylik, mustaqillik, markazlashuv va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan tamoyillar yoritib beriladi. Maqolada prokurorlarning vakolatlari, ularni tayinlash va lavozimidan ozod qilishda davlat organlarining roli hamda ushbu jarayonlarning amaldagi qonunchilik asosida tartibga solinishi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda ularning faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari yuzasidan muhim xulosalar keltiriladi.


16.03.2026 Volume 5 Issue 3 View more Download
NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV O‘QUV MUHITINI LOYIHALASH MASALALARI

Mazkur maqolada nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv o‘quv muhitini loyihalash masalalari tahlil qilindi.Bolaning maxsus ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari har qanday integratsiya faoliyatining asosini tashkil etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo‘lganligi tufayli bunday faoliyatlar moslashuvchan o‘zgaruvchan bo‘lishi talab etiladi. Shu bois, soha rivojlanishidagi sabablar o‘rganib chiqildi.


16.03.2026 Volume 5 Issue 3 View more Download
THE IMPORTANCE AND BENEFITS OF LEVOCARNITINE IN CHRONIC HEART FAILURE

Chronic heart failure (CHF) is a condition characterized by the inability of the heart to pump sufficient blood to meet the metabolic needs of body tissues. This leads to symptoms such as dyspnea, fatigue, and fluid retention. Among the metabolic-supportive medications used in CHF management, levocarnitine has gained attention for its ability to enhance myocardial energy production and support cardiac metabolism. This paper discusses the mechanism, benefits, clinical role, and indications of levocarnitine in chronic heart failure.


16.03.2026 Volume 5 Issue 3 View more Download
XAVFSIZ TURIZMNI TA’MINLASH: MAZMUN-MOHIYATI VA O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Mazkur mavzu xavfsiz turizmni ta’minlash hamda uning turizm tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan asoslashga qaratilgan. Xavfsiz turizm turistik faoliyatning barqarorligi va ishonchliligini belgilovchi muhim omil bo‘lib, u turistning hayoti va sog‘lig‘i, mulkiy manfaatlari, huquq va erkinliklari, shuningdek turizm infratuzilmasi va qabul qiluvchi hududning jamoat tartibi, sanitariya-epidemiologik hamda ekologik barqarorligini himoya qilishni nazarda tutadi. Ushbu tushuncha faqat jismoniy xavfsizlik bilan cheklanmay, transport va yo‘l harakati xavfsizligi, axborot-kiber xavfsizlik, moliyaviy-huquqiy kafolatlar, xizmatlar sifati va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kabi komponentlarni ham qamrab oluvchi kompleks boshqaruv mexanizmi sifatida talqin etiladi. Mavzu doirasida xavflarni aniqlash, baholash, oldini olish, tezkor javob qaytarish, tiklash hamda monitoring kabi bosqichlarni o‘z ichiga olgan risk-menejment yondashuvi xavfsiz turizmning amaliy poydevori sifatida ko‘rsatiladi. Xulosa sifatida, xavfsiz turizmni ta’minlash davlat organlari, xususiy sektor va jamoatchilik hamkorligida standartlar, profilaktika va zamonaviy texnologiyalar orqali amalga oshiriladigan integratsiyalashgan tizim ekani ta’kidlanadi.


16.03.2026 Volume 5 Issue 3 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor