Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili fanining o'quchilar fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ona tili darslari o'quvchilarning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, va ijodiy yondashuv ko'nikmalarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada o'qitish usullari, dars jarayonida foydalaniladigan metodlar va faoliyatlar orqali fikrlash qobiliyatini oshirish yo'llari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ona tili fani o'quvchilarning til madaniyati va kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishga qanday ta'sir ko'rsatishi haqida ham ma'lumot beriladi.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda fonetikaning nazariy asoslarini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Fonetika, nutq tovushlari va ularning xususiyatlarini o‘rganish orqali o‘quvchilarning til bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada fonetikani o‘rganishning asosiy tamoyillari, dars jarayonida qo‘llaniladigan usullar va metodlar, shuningdek, o‘quvchilarning nutq madaniyatini yaxshilashga qaratilgan faoliyatlar tavsiflanadi. Fonetikaning nazariy asoslarini shakllantirish orqali o‘quvchilarni to‘g‘ri talaffuz, intonatsiya va nutqning boshqa fonetik xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadi ko‘zda tutiladi.
Bugungi kunda ta`lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri bu o‘quvchilarning har tomonlama kreativligini oshirishdir. Shu o‘rinda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativligini oshirishda asosiy ustuvor usullardan ongli o‘qitish, nutq madaniyatini o‘stirish, yozma va og‘zaki nutq mashqlarini uyg‘un holatda olib borishdir.Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda lug‘at boyligini oshirishda turli xil samarali usullar haqida ma’lumot berilgan.