Mazkur maqolada bolajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, uning tarkibiy tuzilmasi va shakllantirish texnologiyalari kompleks tarzda tahlil etiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muhitida ijtimoiylashuv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, kommunikativ va emotsional-intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
Ushbu maqolada Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” hikoyasi misolida ayol obrazining murakkab va ko‘p qirrali ruhiyati badiiy tasvir orqali ochib beriladi. Muallif ayolning ichki kechinmalari, sabr-toqati, mehr-muhabbati hamda hayot sinovlariga bardoshliligi masalalarini chuqur yoritadi. Asarda ayol nafaqat oila timsoli, balki o‘z orzu-intilishlariga ega, ichki kurashlar bilan yashovchi shaxs sifatida talqin qilinadi. Yozuvchi ayol qalbidagi iztirob va umidlarni ta’sirchan ifodalab, o‘quvchini uni yanada chuqurroq tushunishga undaydi va maqolada ushbu jihatlar tahlilga tortiladi.
Mazkur maqolada bolajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda axborot-kommunikatsiya vositalarining o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni qo‘llash orqali pedagog kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
В статье рассматривается синтаксическая синонимия как сложное функционально-семантическое явление современного русского языка. Особое внимание уделяется разграничению синтаксической синонимии и грамматической вариативности в рамках функционально-коммуникативного подхода. Целью работы является выявление структурных типов синтаксических синонимов и описание их коммуникативно-прагматических особенностей. Показано, что синтаксическая синонимия основывается на единстве пропозиционального содержания при вариативности формального выражения и выполняет важную текстообразующую функцию.