Ushbu maqolada Ibn Ajrrum bilan bog‘liq al-Ajurrumiyya an’anasi va Ibn Hishom al-Ansoriyning Qotradun-nada wa ball as-sada asarida ism kategoriyasining talqini qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ismning belgilari, i‘rob bilan bog‘liqligi, ma‘rifa va nakira, mu‘rab va mabniy, sintaktik vazifalari hamda o‘qitish usuli solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, al-Ajurrumiyya boshlovchi o‘quvchi uchun qisqa va sodda grammatik tayanch yaratadi, Qotradun-nada esa shu tayanchni chuqurlashtirib, o‘rta bosqichdagi o‘quvchi uchun tahliliy va dalilliroq modelni beradi. Zamonaviy tadqiqotlarda al-Ajurrumiyya ayniqsa boshlovchi uchun zarur boblarni jamlagan qisqa matn sifatida, Qotradun-nada esa undan batafsilroq va kengroq qamrovli o‘rta darajadagi grammatika matni sifatida tavsiflanadi.
Mazkur ilmiy maqolada ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar qadimgi davrdan VII asrgacha bo‘lgan davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining rivojlanishini zamon talabi asosida o‘rganib kelingani keng tahlil etilgan.Maqolada har bir ijtimoiy tizim, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqligi yoritib berilgan. Shuningdek, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borganligi, dastlabki diniy e‘tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo‘lganligi ochib berilgan. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Mazkur maqolada laboratoriya ishlarini differensiallashtirish asosida o‘quvchilarning individual ta’lim ehtiyojlarini qondirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda kimyo fanini o‘qitishda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda tashkil etishning metodik asoslari tahlil qilingan. Differensial yondashuv orqali o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada laboratoriya topshiriqlarini murakkablik darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish, individual va guruhiy ishlash shakllaridan foydalanish hamda baholash mezonlarini moslashtirish usullari bayon etilgan. Tadqiqot natijalari laboratoriya ishlarining ta’limiy samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga hamda ularning individual ta’lim ehtiyojlarini samarali qondirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada muzeylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy xotira va tarixiy merosni asrashdagi ahamiyati, ularning ma’rifiy hamda madaniy tarbiyadagi vazifalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston muzeylarining bugungi rivojlanish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar asosida eksponatlarni saqlash va targ‘ib etish mexanizmlari tahlil etilgan. Maqolada muzeylarning yangi avlod yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi nomoddiy qadriyatlar manbai sifatidagi roli ham keng yoritilgan.