Ushbu maqolada siz, musiqa madaniyati inson hayotida shakllanish jarayonlari va o‘rganish bosqichlari bilan nazariy taraflama tanishasiz. Qadriyatlarimiz asosiga qurilayotgan zamonaviy ta’lim dasturlar uchun musiqa madaniyatining ahamiyati to‘g‘risida fikr va mulohazalar olib boriladi. O‘sib ulg‘ayayotgan yoshlarimizda ta’lim-tarbiya, musiqiy did, estetik qarashlar, ruhiy barkamollikni to‘g‘ri tarbiyalash va rivojlantirish, bundan unumli foydalanish to‘g‘risidagi fikrlarim bilan tanishasiz. Musiqiy muhitning inson ruhiyati, tafakkur olamidagi o‘rni xaqida turli fikrlarni birgalikda taxlil qilamiz. Mehnat faoliyatim davomida yuzaga kelgan fikr, mulohazalarim, musiqiy madaniyatning turli tadqiqot na’munalari bilan bo‘lishib o‘taman.
Mazkur maqolada Shashmaqom san’atining ma’naviy, estetik va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Unda globallashuv sharoitida yoshlarning milliy san’atdan uzoqlashuvi muammosi yoritilib, Shashmaqomni maktab ta’limiga olib kirish zarurati asoslab beriladi. Shashmaqomning musiqiy va falsafiy mazmuni, uning o‘zbek va tojik xalqlarining ruhiy olami, estetik tafakkuri va milliy qadriyatlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan. Maqolada Shashmaqomdagi mavzularning ifodasi, musiqiy g‘oyaning rivojlanish bosqichlari hamda o‘quvchilarni qiziqtirish va musiqaga muhabbat uyg‘otish metodlari bayon qilingan.
This article analyses the evolution of European corporate law and its influence on cross-border business transactions within the EU. It examines key developments in company formation, corporate governance, mobility, mergers, and insolvency, alongside the growing role of financial regulation in shaping corporate practice. Special attention is given to the Cross-Border Mergers Directive, the Mobility Directive, and the European Insolvency Regulation, as well as the impact of Brexit, digitalisation, and ESG regulation. The article argues that while EU corporate law has facilitated cross-border integration, harmonisation remains uneven and contested. Its future will depend on balancing economic efficiency with social and environmental objectives, ensuring both competitiveness and legitimacy in a changing global order.
Maqolada tijorat banklari faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari har tomonlama tahlil qilingan. Hozirgi globallashuv sharoitida bank-moliya tizimida raqobatning kuchayishi, mijozlar ehtiyojlarining o‘zgarishi va xalqaro moliyaviy standartlarning joriy qilinishi natijasida raqamli transformatsiya jarayonlari banklar uchun strategik ustuvor vazifaga aylangan. Xususan, elektron to‘lov tizimlari, mobil banking, blokcheyn, sun’iy intellekt va biometrik autentifikatsiya kabi texnologiyalar bank xizmatlarini samaradorligini oshirish, moliyaviy operatsiyalarni xavfsiz amalga oshirish hamda mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ushbu maqola inson qadr-qimmatining falsafiy-axloqiy va ijtimoiy asoslarini adabiyotlar tahlili orqali tadqiq etadi. Maqolada inson qadr-qimmatining nazariy jihatlarini o'rganish, zamonaviy ijtimoiy kontekstda uning ahamiyatini baholash va inson huquqlari tizimidagi o'rni tahlil qilinadi. Tadqiqot milliy va xalqaro manbalar tahlili orqali inson qadr-qimmatining ko'p qirrali tabiatini ochib beradi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, inson qadr-qimmati nafaqat falsafiy kategoriya, balki ijtimoiy rivojlanish va huquqiy tizimning asosi hisoblanadi.