Ushbu maqolada modal so‘zlarning lingvistik tabiati va ularning til tizimidagi o‘ziga xos o‘rni tadqiq etiladi. Maqolada modal so‘zlarning lisoniy statusi, ularning tushuncha ifodalashdan ko‘ra, so‘zlovchi va nutq predmeti o‘rtasidagi munosabatni shakllantirishdagi roli ochib berilgan. Modal so‘zlar turli lingvistik maktablar nuqtayi nazaridan tasniflanib, ularning boshqa yordamchi so‘z turkumlari hamda modal ma’noli birliklardan farqli jihatlari tahlil qilingan.
This article analyzes the potential of neural network technologies for implementing speech practice aimed at developing communicative mobility. It presents a tested system of exercises that facilitates complex forms of oral communication in a digital environment. The advantages and disadvantages of the multimodal AI tools used are also described.
Mazkur maqolada atom fizikasi fanida kvant sonlari tushunchasini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, xususan Pydroid 3 ilovasidan foydalanish metodikasi yoritilgan. Kvant sonlarining fizik mazmuni, ularning atom tuzilishidagi o‘rni hamda elektronlarning energetik holatlarini tavsiflashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, Python dasturlash tili asosida yaratilgan dasturiy modellar yordamida bosh kvant soni, orbital kvant soni, magnit kvant soni va spin kvant sonlarini vizual va hisoblash orqali tushuntirish usullari ko‘rsatib berilgan. Maqolada talabalar uchun interaktiv muhit yaratish, abstrakt fizik tushunchalarni aniq modellashtirish orqali o‘zlashtirish darajasini oshirish imkoniyatlari muhokama etilgan. O‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari, xususan, mustaqil ta’limni rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va algoritmik fikrlashni rivojlantirishdagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari atom fizikasi fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi.
Данная статья посвящена исследованию профессионального языка врача как важнейшего инструмента медицинской деятельности. Рассматриваются его лингвистические, коммуникативные и этические особенности, а также роль медицинской терминологии в формировании профессиональной компетентности будущих специалистов. Особое внимание уделяется значению культуры речи врача, его способности эффективно взаимодействовать с пациентами и коллегами. Анализируется влияние латинского и греческого языков на становление медицинской терминологии, а также роль иностранных языков в условиях глобализации и международного научного сотрудничества. Подчеркивается, что высокий уровень владения профессиональным языком способствует повышению качества медицинской помощи и укреплению доверия пациентов.
Maqolada adabiyotshunoslikning zamonaviy yo‘nalishi raqamli poetika kontekstida kibermatn hodisasi tadqiq etiladi. Kibermatnning tarixiy ildizlarini aniqlash va uning zamonaviy adabiy jarayondagi o‘rnini belgilash maqsad qilib olingan. Kibermatn tushunchasi klassik adabiyotdagi nolinear strukturalar, xususan, Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni hamda zamonaviy ergodik adabiyot o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklar misolida yoritiladi.