Mazkur ilmiy ishda gandbol sport turi asosida olib borilgan mashg‘ulotlarning o‘quvchi yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida gandbol mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarning chidamlilik, tezkorlik, kuch, muvozanat va koordinatsiya kabi muhim jismoniy sifatlari rivojlanishi kuzatildi. Shuningdek, muntazam mashg‘ulotlar natijasida ularning umumiy salomatligi, harakat faolligi va jismoniy tayyorgarligi darajasi ortgani aniqlandi. Tadqiqot natijalari gandbolni ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya vositasi sifatida samarali qo‘llash mumkinligini isbotlaydi. Ushbu ish sport mashg‘ulotlarining yosh avlod salomatligini mustahkamlash va ularning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
This research conducts a detailed exploration of fixed expressions used in Brené Brown's renowned TED Talk, "The Power of Vulnerability." Utilizing modern theories of formulaic language and discourse analysis, the study identifies three primary functions of these expressions: aiding cognition, fostering audience connection, and enhancing rhetorical impact. The analysis highlights how phrases like "here's the thing" and "you know" help organize ideas while creating a sense of natural conversation. These insights shed light on the interplay between cognitive efficiency and perceived authenticity in public speaking.
Ushbu maqolada terminlar tarjimasi jarayonidagi muammolar, tarjimada qo‘llaniladigan asosiy usullar va noto‘g‘ri yondashuvlar tahlil qilinadi. Terminlarning boshqa tillardan o‘zlashishi va ularni tarjima qilishda uchraydigan murakkabliklar, tarjimonning vazifasi, shuningdek, mukammal tarjimaga erishish uchun tavsiya etilgan yondashuvlar yoritiladi. Makarova va Kashper tomonidan taklif etilgan nazariy usullar asosida termin tarjimasining samarali yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada islom tarixining buyuk sahobalaridan biri bo‘lgan Abu Ubayda ibn Jarroh (r.a.) nomi bilan bog‘liq yodgorlik haqida ma’lumot beriladi. U Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning eng yaqin sahobalaridan biri bo‘lib, arab qo‘shinlarining mashhur sarkardasi, sodiqligi va halolligi bilan tanilgan. Unga "Bu ummatning omini" (ya'ni eng ishonchli odami) degan unvon berilgan. Abu Ubayda ibn Jarroh yodgorligi asosan Iordaniyadagi Ghor vodiysida joylashgan bo‘lib, bu joy u vafot etgan hudud sifatida muqaddas hisoblanadi. Mazkur yodgorlik nafaqat diniy ziyoratgoh, balki tarixiy-madaniy ahamiyatga ega maskan sifatida ham qadrlanadi. Yodgorlik Iordaniya hukumati tomonidan saqlanib kelinmoqda va u musulmon dunyosida sahobalarga bo‘lgan hurmatning timsoli sifatida e’tirof etiladi. Maqolada bu yodgorlikning tarixiy asoslari, me’moriy xususiyatlari hamda diniy-ma’naviy ahamiyati tahlil etilgan.
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida, xususan “Agrobank” ATB misolida auditorlik dalillarini to‘plash, tahlil qilish va baholash amaliyoti chuqur tahlil etilgan. Auditorlik dalillari — bu auditorlik xulosasini shakllantirish uchun asos bo‘ladigan axborot va hujjatlardir. Ularning ishonchliligi, yetarliligi va vaqtida taqdim etilishi audit sifati va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda “Agrobank” ATBning amaldagi ichki audit tizimi, bank ichki nazorati va ma’lumotlar oqimining hujjatlashtirilish holati o‘rganilgan. Maqolada xalqaro audit standartlari (ISA 500 va boshqa tegishli normalar) asosida auditorlik dalillarini olishda zamonaviy yondashuvlar, xususan raqamlashtirish, blokcheyn texnologiyalari, avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari va xavfga asoslangan audit metodlari qo‘llanishining afzalliklari yoritilgan. Tadqiqot davomida “Agrobank”da mavjud bo‘lgan ayrim kamchiliklar – ichki axborot tizimlarining integratsiya darajasi pastligi, dalillarni avtomatik yig‘ish vositalarining yetishmasligi, auditorlar malakasining notekisligi — amaliy misollar asosida tahlil qilingan. Maqolada auditorlik faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, raqamli audit platformalarini joriy qilish, ichki auditni kuchaytirish, auditorlar malakasini xalqaro sertifikatlar asosida oshirish va axborot tizimlarini o‘zaro bog‘lash orqali dalillarni real vaqt rejimida olish imkonini beruvchi tizimlar ishlab chiqish zarurligi asoslangan.