Ushbu maqolada multimedia vositalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishdagi roli va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Multimedia vositalari, jumladan, audio, video va interaktiv materiallar orqali ta’lim jarayonida qiziqish va motivatsiyani oshirish, o‘zlashtirishni yengillashtirish va o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada multimedia vositalaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, masalan, texnologik qiyinchiliklar, resurslarning yetishmasligi va o‘quvchilarning individual farqlari haqida fikrlar bildiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida multimedia vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Ekologik muhit omillari, jumladan ifloslanish va zararli kimyoviy moddalarning inson genetik materialiga ta’siri irsiy kasalliklar yuzaga kelish xavfini oshiradi. Atrof-muhit sharoitlari va genetik moyillik kasalliklarning rivojlanishida birgalikda muhim rol o’ynaydi. Profilaktik choralar orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash va irsiy kasalliklarning oldini olish mumkin. Tadqiqotlar sog’lom avlodni shakllantirishda ekologik omillarning ahamiyatini ko’rsatadi.
Maqolada asosan Vatanimiz hududida paydo bo‘lgan ilk muzeylar hamda ularning vazifalari, muzey ashyolarini kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati, Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, muzeylarning faoliyat turiga qarab turlarga bo‘linishi, Surxondaryo O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixi va faoliyati haqida ilmiy tahlillar yuritilgan.
Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning hayoti, ilmiy faoliyati, asarlari, ilmiy-metodologik qarashlari hamda uning bugungi kunda O‘zbekiston ilm-fani rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada Beruniy ilmiy merosining qadri, uning tabiiy fanlar, matematika, astronomiya va falsafadagi yondashuvlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan.
Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining mazmuni, uning shakllanishi va rivojlanish jarayoni, huquqiy ong va madaniyatning ahamiyati, ta’lim tizimidagi roli hamda xorijiy, xususan Buyuk Britaniya tajribasi misolida yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib fuqarolik ongini oshirish taklif etiladi O‘zbekistonda.