Geosiyosiyani o‘rganayotganingizda, ko‘pincha shunday o‘ylaysiz: dunyo xaritasi – bu oddiy qog‘oz emas, balki u orqali ming yillik raqobatlarning izlari yashirin. XX asr boshlarida paydo bo‘lgan Heartland (Halford Makinder), Rimland (Nikolas Spaykman) va Lebensraum (Fridrix Ratsel) nazariyalari aynan shu raqobatni ochib beradi. Bu maqolada har bir nazariyani alohida ko‘rib chiqiladi va uning aniq tarixiy shakllanishini, asosiy ma’nosini va amaliy misollarini batafsil bayon etilib, solishtirib, farq va o‘xshashliklarini tahlil qilinadi. Maqsadimiz nafaqat faktlarni sanab o‘tish, balki bugungi kontekstda (Rossiya-Ukraina urushi, Xitoyning “Bir kamar, bir yo’l” loyihasi) ularning qanday holda ekanini ko‘rsatish hisoblanadi. Bu nazariyalar global gegemoniya o‘yinining qoidalari, lekin ularni o‘qiganda shuni unutmaslik kerakki, geografiya muhim, ammo insoniy qarorlar va texnologiyalar undan ustun chiqishi mumkin.
Maqolada O‘zbekistonning dengizga chiqishdagi geografik cheklovlari, xalqaro savdo logistikasi va tranzit yo‘laklarining samaradorligi tahlil qilinadi. UNCLOS doirasidagi LLDCs huquqlari, JST a’zoligining tranzit erkinligiga ta’siri hamda Trans-Afg‘on va Trans-Kaspiy kabi yo‘nalishlarning strategik ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqola Markaziy Osiyo integratsiyasining rolini asoslab, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar manfaatini kuchaytirish maqsadida UNCLOSga yangi norma kiritish taklifini ilgari suradi.
Ushbu maqolada “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda elektron didaktik materiallardan foydalanishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, elektron materiallar o‘qitish jarayonini interfaol muhitga aylantirib, talabalarda mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, o‘qituvchilarga dars jarayonini optimallashtirish, vaqtni tejash va individual yondashuvni qo‘llash imkonini beradi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston mehnat munosabatlarining tarixiy transformatsiyasi bosqichma-bosqich ilmiy tahlil etilgan. Qadimgi va o‘rta asrlardagi mehnat shakllari, chor Rossiyasi mustamlakachiligi davridagi yollanma mehnat jarayonlari, sovet davridagi markazlashgan mehnat tizimi hamda mustaqillikdan keyingi bozor iqtisodiyotiga mos mehnat munosabatlarining shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, 2017 yildan boshlab amalga oshirilayotgan modernizatsiya va raqamlashtirish jarayonlarining mehnat bozoriga ta’siri ko‘rsatib berilgan. Mehnat shartnomalari, xususiy bandlik agentliklari, masofaviy mehnat, gender tengligi hamda mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq islohotlar zamonaviy mehnat tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston mehnat bozorining global tendensiyalarga mos ravishda takomillashib borayotganini ko‘rsatadi.
Тил билиминде терминологияның тутқан орны терминлерди тараўларда қолланыў зәрұрлиги пайда болғанда белгили болады. Мақалада терминлердиң өзине тән белгилери, оларға берилген илимий пикирлер баян етиледи. Термин ҳәм терминология бойынша дұня тил билими илимпазлары тұрлише илимий көзқарасларын билдиреди. Олардың илимий пикирлери менен тұркий тил билими илимпазларының илимий-теориялық көзқараслары салыстырылды. Илимий-теориялық пикирлер дәўирлерге бөлип классификация етилди.