Mazkur maqola, ona tili ta'limi jarayonida ijodiy matnlardan foydalanishning psixo-pedagogik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ijodiy matnlar o‘quvchilarning fikrlash, tasavvur va tilni erkin ifodalash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishda psixologik va pedagogik nazariyalar orqali ijodiy matnlar bilan ishlashning ta'lim jarayoniga ta'siri, shuningdek, o‘quvchilarning emotsional va intellektual rivojlanishiga qo‘shgan hissasi ko‘rsatilgan. Matnlar orqali o‘quvchilarning individual xususiyatlari va ijtimoiy muhitda o‘z-o‘zini anglash jarayonlari chuqur tahlil qilinadi. Maqola, ijodiy matnlarni ta'limda samarali qo‘llash uchun zarur psixo-pedagogik yondoshuvlarni tavsiya etadi. Shuningdek, ona tili ta’limida ijodiy yondoshuvlarning o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga qanday ijobiy ta'sir ko‘rsatishi haqida misollar keltirilgan.
Ushbu maqolada O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining 110 yillik mavsumiga bag‘ishlanib sahnalashtirilgan, iste’dodli o‘zbek aktrisasi Ma’suma Qoriyevaning hayoti haqida so‘zlovchi “Birinchi qaldirg‘och” dramasining ayrim muhim taraflari yoritilgan. Shu bilan birga spektaklni sahnalashtiruvchi bosh rejissyor hamda unda bosh rollarni ijro etgan aktyorlarning rejissyorlik va aktyorlik san’atidagi innovatsion yondashuvlari haqida fikrlar yuritilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi o‘rnini tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro huquqiy majburiyatlari bilan qanday aloqalari borligi va boshqa davlatlarning tajribasini o‘rganish natijasida erishilgan yutuqlari muhokama qilinadi.
Савдо ва тадбиркорлик инсоният тарихида муҳим аҳамият касб этади. Ислом динида бу фаолият фақат моддий манфаат воситаси эмас, балки адолат ва ахлоқ тамойилларига асосланган иш сифатида қаралади. Қуръон ва ҳадислар ҳалоллик, ростгўйлик, ишончлилик ва адолатли муносабатларни тарғиб қилади. Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в.) ҳалол савдогарларни пайғамбарлар, сиддиқ ва шаҳидлар билан бирга бўлишини башорат қилганлар. Қадимги цивилизациялардан то бугунги кунгача савдо иқтисодий тараққиётнинг асосий омили бўлиб келган. Савдо-сотиқнинг тўғри йўналтирилиши жамиятда барқарорлик ва адолатни таъминлайди. Ислом ҳуқуқида савдо-шаръий аҳд бўлиб, унинг ҳалол ёки ҳаром эканлиги Қуръон, Суннат, Ижмо ва Қиёс орқали белгиланади. Замонавий молиявий муносабатларда ҳам исломий қоидаларга амал қилиш, судхўрликдан воз кечиш ва ҳалол касб орқали ризқ топиш муҳим саналади. Тадбиркорликда ҳалоллик ва адолатга риоя қилиш, ёлғон қасамдан қочиш, мижозларга нисбатан сидқидил бўлиш ва коррупцияга йўл қўймаслик ишбилармонлар учун нафақат моддий, балки маънавий юксалишга ҳам хизмат қилади. Исломий тадбиркорлик шариатга мувофиқ фаолият юритишни тарғиб қилади, бу эса иқтисодий барқарорлик ва жамият фаровонлигига ҳисса қўшади.