Polycystic Ovary Syndrome reproduktiv yoshdagi ayollarda keng tarqalgan endokrin-metabolik kasalliklardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda Vitamin D tanqisligi ushbu sindrom rivojlanishida muhim patogenetik omil sifatida qaralmoqda. Mazkur maqolada vitamin D ning insulin signalizatsiyasi, steroidogenez, follikulogenez, yallig‘lanish mediatorlari hamda gen ekspressiyasiga ta’siri bilan bog‘liq molekulyar mexanizmlar zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, vitamin D yetishmovchiligi insulinrezistentlikni kuchaytiradi, androgenlar sintezini oshiradi hamda ovulyator funksiyaning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, VDR genlari polimorfizmlarining PTTS rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Vitamin D ning immunomodulyator va antioksidant xususiyatlari surunkali yallig‘lanish hamda oksidlovchi stressni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan ma’lumotlar vitamin D metabolizmi PTTS patogenezining asosiy molekulyar bo‘g‘inlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Bul maqalada oqıwshılarda ushrasatuǵın agressiv minez-qulıqtıń psixologiyalıq ózgeshelikleri, onıń payda bolıw sebepleri hám rawajlanıw faktorları sáwlelendirilgen. Mektep jasındaǵı balalardıń minez-qulıqındǵı agressiyanıń túrleri, onıń shaxs qalıplesiwine hám oqıw procesine tásiri tahlil etiledi. Sonday-aq, oqıwshılardaǵı agressiyanıń aldın alıw hám onı korreksiyalaw boyınsha psixologiyalıq usıllar hám usınıslar islep shıǵılǵan.
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning bilish jarayonlari, hissiy-emotsional holati hamda ijtimoiy munosabatlarining shakllanishi tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu yosh davrida diqqat, xotira, tafakkur va motivatsiya jarayonlarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Ta’lim jarayonida bolaning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olishning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada zamonaviy ta’lim muhiti va axborot texnologiyalarining kichik maktab yoshidagi bolalar psixikasiga ta’siri ham ilmiy nuqtai nazardan bayon etilgan.
Ushbu maqolada men boshlang‘ich ta’limda kollaborativ yondashuv asosida darslarni tashkil etish metodikasi, uning samarali usullari hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida fikr yuritdim. Shuningdek, kollaborativ ta’limning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, jamoada ishlashi va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritildi.
В данной статье проанализированы теоретические и практические аспекты системного подхода к организации онкологической помощи населению. Рост эпидемиологической значимости онкологических заболеваний, усложнение методов диагностики и лечения, а также необходимость интеграции многоуровневых медицинских услуг требуют формирования единой системы управления онкологической службой. В исследовании рассмотрены ключевые компоненты организации онкологической помощи: скрининг, ранняя диагностика, мультидисциплинарное ведение пациентов, цифровой мониторинг, реабилитация и паллиативная помощь. На основе международных рекомендаций и опыта развитых стран разработана интеграционная модель онкологической помощи. Результаты исследования подтверждают, что комплексные механизмы управления способствуют повышению качества медицинской помощи, улучшению выживаемости пациентов и эффективности системы здравоохранения.